Venesuela AQShning uch diplomatini haydamoqchi

  • Amerika Ovozi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh elchixonasining uch xodimini mamlakatdan haydashni buyurdi.

Rasmiy Karakas AQShning Veneseula muxolifati yetakchisi Leopoldo Lopesni himoya qilganidan g’azabda. Lopes ruxsatsiz namoyish uyushtirgani uchun uni hibsga olish buyurilgan.

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Venesuela hukumati qarorini qoralab, bu mamlakatda inson huquqlari ahvolidan afsus bildirgan.

Prezident Maduro Qo’shma Shtatlarni bu kabi bayonotlar bilan muxolifat yonini olayotganlikda ayblab, xorijiy davlatlar bizga buyruq berishga haqqi yo’q, degan. Lopes tashabbusi bilan hukumatga qarshi uyushtirilgan chiqishlarda uch kishi o’lgan.

Maduro uni “fashist” va “qo’rqoq” deb atab, o’zini politsiyaga topshirishga chaqirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG