Veteranlarga qarovchi vazir ishdan ketadi

  • Amerika Ovozi

Erik Shinsekining o'zi ham urush faxriysi.

Erik Shinsekining o'zi ham urush faxriysi.

Erik Shinseki boshliq vazirlik faxriylar oylar davomida tibbiy xizmatni kutishga majbur bo'lgani, ayrim veteranlar hatto hayotdan ko'z yumgani uchun tanqid ostida edi.

Prezident Barak Obama Urush veteranlariga qarovchi vazirlik rahbari Erik Shinseki iste'fosini qabul qildi. Vazirlik faxriylar oylar davomida tibbiy xizmatni kutishga majbur bo'lgani, ayrim veteranlar hatto hayotdan ko'z yumgani uchun tanqid ostida.

Bu ish yuzasidan tergov ketmoqda.

Bugun Oq uyda Obama qabulida bo'lgan Shinseki tergov-surishtiruvga halaqit bermoqchi emas va shu bois ishdan ketishga qaror qilgan.

Prezident so'zlariga ko'ra, vazirlikni vaqtincha Sloan Gibson boshqaradi.

Shinseki bugun veteranlar oldida so'zga chiqib, vazirlik ishidagi xatolar uchun, mas'uliyatsizlik uchun kechirim so'radi.

Tibbiy xizmat ko'rsatish to'g'ri yo'lga qo'yilmagani, vazirlik vatan mudofaasi yo'lida hayotini xavf ostiga qo'ygan o'g'il-qizlarning ishonchini oqlamaganimiz uchun uzr so'rayman, dedi u.

Arizona shtatida urush faxriylari uchun tibbiy xizmat boshida turgan rasmiylar ishdan bo'shaydi. Qator mulozimlarga moliyaviy yordam, imtiyozlar muzlatiladi.

Erik Shinseki o'zi ham o'tmishda urush veterani.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG