Breaking News

Vyetnam va Amerika diplomatik rishtalari tiklanganiga 15 yil to’ldi


Qo’shma Shtatlar va Vyetnam o’rtasida diplomatik rishta tiklanganiga 15 yil to’lar ekan, Davlat kotibasi Xillari Klinton bugun poytaxt Xanoyda Tashqi ishlar vaziri Pam Gia Xiem bilan uchrashgan.

Vyetnam urushi tugagan sana - 1975 yildan beri kommunistik davlat taraqqiyot sari ildam qadam tashlagan, ammo huquq faollari va din ahliga hujumlar, internetni cheklash kabi hollar achinarli, deydi Klinton.

Sobiq dushmanlar – Qo’shma Shtatlar va Vyetnam o’rtasida savdo aylanmasi o’tgan yili 16 milliard dollarga yetgan.

Ikki davlat aloqalarini tiklashda sobiq prezident Bill Klintonning xizmati katta. Aynan uning prezidentligi davrida rishtalar iliqlashgan, 2000 yilda Klinton chorak asr davomida Xanoyga safar qilgan birinchi AQSh rahbari bo’lgan edi.

Davlat kotibasi Xillari Klinton Vyetnam urushi (1965-1975 yillar) har ikki davlatga qaqshatqich zarba bergan va bugun ham uning xotiradi hayot deydi. Shunga qaramay, xalqlar tinchlik yo’lida birga ishlay oldi, deydi Klinton.

Amerika askarlari 1975 yilda Vyetnamni tark etgan, ammo Sovuq urush diplomatic rishtalarda aks-sado bergan edi. Klinton urush paytida Amerika armiyasi qo’llagan zaharli modda asoratlarini hal qilishda, tozalash ishlarini tezlatishga va’da bermoqda. Bu modda aholi orasida xastalik, nogironlikka sababchi bo’lib keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG