Breaking News

VimpelCom aloqa kompaniyasi sobiq rahbari hibsda


Vimpelkom (VimpelCom) aloqa kompaniyasi sobiq rahbari Jo Lunder Norvegiya aeroportida 4-noyabr kuni kechqurun hibsga olingan. Uning ushlanishi O'zbekistondagi korrupsiya ishi bilan bog'liq, deydi tergovchilar.

Vimpelkom qatorida yana ikki yirik mobil kompaniya - Rossiyadagi MTS va Shvetsiyadagi TeliaSonera - O'zbekistonda biznes qilish uchun prezident qizi Gulnora Karimovaga millionlab dollar pora berganlika gumon qilinadi.

Norvergiya - bu ish bo'yicha tergov boshlagan beshinchi mamlakat. AQSh, Fransiya, Shvetsariya, Shvetiya, Norvegiya, Belgiya, Lyuksemburg va Niderlandiya ham kamida bir milliard dollarga teng poraxo'rlik bo'yicha tekshiruvga jalb etilgan.

Oslo aeroportida hibsga olingan Vimpelkom sobiq rahbari Jo Lunder korrupsiyaga doir ayblovlarni advokati orqali inkor etmoqda.

Aksar aksiyalari rossiyalik tadbirkorga tegishli Vimpelkom O'zbekistonda "Beeline" nomi ostida ishlaydi. Kompaniya ehtimoliy jarimalar uchun 900 million dollar ajratib qo'yganini bildirmoqda.

Shu yoz Nyu-York sudi turli davlat banklarida saqlanayotgan va Karimovaga tegishli ekani aytilayotgan mablag'ning bir qismini muzlatib qo'yish haqida hukm chiqargan edi.

Gulnora Karimova haqida bir yildan buyon hech qanday xabar yo'q, Toshkentda uy qamog'ida saqlanayotgani taxmin qilinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG