Breaking News

Samoni aylantirishni ko'zlagan samolyot sinovdan o'tmadi


Samolyot Moxave cho'lida quladi
Samolyot Moxave cho'lida quladi

Samo turizmini rivojlantirishga bel bog'lagan "Virgin Galactic" kompaniyasining fazoviy samolyoti kecha Kaliforniya shtati osmonida halokatga uchrab, uchuvchi o'lgan. Samolyot Moxave cho'liga qulagan. Bir kishi jarohatlangan.

Kompaniyaning egasi britaniyalik milliarder Richard Branson bo'lib, uning maqsadi fazoga odamlarni olib chiqib, aylantirish. Bir necha daqiqalik safarning boshlang'ich bahosi - 200 ming dollar. Lekin samolyotlar hozircha sinovda va qatnov hali yo'lga qo'yilmagan.

Hafta boshida Xalqaro kosmik stansiyaga yuk olib chiqishi kerak bo'lgan raketa parvozini boshlashi bilan portlab ketgan edi. Hech kim zarar ko'rmagan. Loyiha AQShga bir necha milliard dollarga tushgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG