Virtual saylov komissiyasi - demokratik mashq, saboq va tajriba


Sayt ishdan chiqqanidan buyon virtual nomzodlar uchun ovoz berish jarayoni to'xtab qolgan. 22-martga qadar to'plangan ovozlar bilan Virtual saylov komissiyasining "Facebook" sahifasida tanishish mumkin. Shuningdek, mana bu yerda: http://fieryheartsclub.org/2015/03/4208 - "O'tyuraklar klubi" sahifasida.

Sayt ishdan chiqqanidan buyon virtual nomzodlar uchun ovoz berish jarayoni to'xtab qolgan. 22-martga qadar to'plangan ovozlar bilan Virtual saylov komissiyasining "Facebook" sahifasida tanishish mumkin. Shuningdek, mana bu yerda: http://fieryheartsclub.org/2015/03/4208 - "O'tyuraklar klubi" sahifasida.

Xorijdagi o’zbek faollar tuzgan Virtual saylov komissiyasi sayti xakerlar hujumi ostida. Lekin bu tashabbus hamon hayot, deydi Ulug’bek Bakirov, tashkilotchilardan biri. (Audio suhbat quyida)

Virtual saylov, muqobil bellashuv, konstruktiv bahs va munozara orqali vatandoshlar O’zbekistonning kelajagi va demokratik istiqboli yo’lida o’ziga xos hissa qo’shmoqda, deydi Bakirov “Amerika Ovozi” bilan suhbatda.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti O’zbekistondagi saylovoldi jarayonini kuzatar ekan, chorak asrdan beri rahbarlik qilib kelayotgan Islom Karimov yana bir bor nomzod bo’lishga haqlimi degan savolni o’rtaga tashlamoqda. Tashkilotning cheklangan missiyasi bergan oraliq hisobotda masala hamon mavhum ekani qayd etiladi.

Hukumat fuqarolardan bu borada tushgan shikoyatlarga, jumladan Karimov qayta saylanishga urinib, bosh qomusni buzmoqda degan norozilik arizalariga javob bermayapti. Xalqaro hamjamiyat bu masalaga aralashmoqchi emas: saylov O’zbekistonning ichki ishi.

Ulug’bek Bakirov G’arbni ikkiyuzlamachilikda, adolatsizliklarga ko’z yumayotganlikda tanqid qiladi. Lekin saylov va rahbarni tanlash haqiqatan ham xalqning vazifasi, deydi u.

Ulug'bek Bakirov, Virtual saylov komissiyasi matbuot kotibi

Ulug'bek Bakirov, Virtual saylov komissiyasi matbuot kotibi

Sayt ishdan chiqqanidan buyon virtual nomzodlar uchun ovoz berish jarayoni to'xtab qolgan. 22-martga qadar to'plangan ovozlar bilan Virtual saylov komissiyasining "Facebook" sahifasida tanishish mumkin. Shuningdek, mana bu yerda.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

XS
SM
MD
LG