Volgogradda ikki suiqasd xurujida jami 31 odam o'lgan

  • Amerika Ovozi

Volgogradda trolleybusda suiqasd xuruji, 30-dekabr, 2013-yil

Volgogradda trolleybusda suiqasd xuruji, 30-dekabr, 2013-yil

Rossiyaning Volgograd shahrida qatorasiga ikkinchi kun portlash ro’y berdi. Bugungisi trolleybusda sodir etilib, 14 kishi o’lgan, 27 odam jarohat olgan. Kecha shahar temir yo’l vokzalidagi portlashda esa 17 kishi nobud bo’lgan. Har ikki voqea terror xuruji sifatida qayd etilib, xudkush bombachilar ishi bo’lgan.

Volgograd Qishki Olimpiya o’yinlariga mezbon-shahar Sochidan 650 kilometr narida bo’lib, shimoliy kavkazlik jangarilar musobaqalarga halaqit berishini aytib do’q-po’pisa qilib kelgan.

Shaharda besh kunlik motam e’lon qilingan. Aholining hujjatlari sinchkovlik bilan tekshirilmoqda. Prezident Vladimir Putin aksil-terror boshqarmaga Volgograd va boshqa shaharlarda ko’z-quloq bo’lishni buyurgan.

So’nggi yillarda Dog’istonda islomiy jangarilar faoliyati kuchaygan. Iyul oyida ularning yetakchisi Doku Umarov Rossiyada bir yillik moratoriydan so’ng tinch aholiga qarshi xurujlar jonlanishi haqida e’lon qilgan. U jangarilarni fevral oyida Sochida bo’ladigan Qishki Olimpiya o’yinlari paytida xuruj uyushtirishga chaqirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG