Amerikada ko’ngilli xizmat, volontyorlar haftasi o’tayapti

  • Amerika Ovozi

Ko’ngilli xizmat oson emas. Ko’p vaqt, asab ketadi. Vashingtondagi qimmat mahallalada yo’qsillar uchun imoratlar qurayotgan volontyorlar buni juda yaxshi biladi.

Ko’ngilli xizmat oson emas. Ko’p vaqt, asab ketadi. Vashingtondagi qimmat mahallalada yo’qsillar uchun imoratlar qurayotgan volontyorlar buni juda yaxshi biladi.

Amerikada ko’ngilli xizmat, volontyorlar haftasi (10-16-aprel) o’tayapti.

Fil Pommerening va Treysi Grant ishli, kasbli odamlar. Bo’sh vaqtida mana shunday imoratlar quradi.“Shinam uying, boshpanang bo’lishi muhim. Muhtoj odamlarni uy bilan bilan ta’minlay olsak, xursand bo’lamiz. Oddiy uylar, lekin yashashga yaroqli, puxta qurilgan”, - deydi Fil Pommerening.

“Qancha ko’p odam ko’ngilli xizmatga chiqsa, ko’plab mavjud muammolar tez hal qilinishi mumkin”, - deydi Grant.

Amerika bo’ylab bunday loyihalarni ko’p ko’rasiz. Nodavlat tashkilotlar esa ularning ijrosi uchun ko’proq ko’ngilli jalb qilishga harakat qilayapti. “Habitat for Humanity” tashkilotidan Pi Key Dragoning aytishicha, ular yiliga besh minggacha ko’ngillini qidirib topadi. Bu odamlar 14 ming soat ishlab beradi.

“Jamiyatda ijobiy o’zgarishlarga hissa qo’shaman degan insonlar bular. Bitta odam kelsa ham xursandmiz. Uy narxi osmon bo’lib ketmasligi, muhtoj oilalar boshpanali bo’lishi uchun xizmat qiladi-da ular”, - deydi Drago.

Jamiyatda volontyorlar uchun ehtiyoj oshib borayapti, deydi mutaxassislar. Ayniqsa, hukumat va xususiy manbalarda moliya qisqargan bir paytda. Erik Pursho ana shunday ko’ngillilardan.

“Qani endi hamma loyihalar uchun pul bo’lsa! Mutaxassislar yollab, ularga katta maosh to’lasang. Lekin real hayotda doim ham unday emas. Shunday ekan, ko’ngillilarning mehnati bebahodir. Mening xizmatim sharofati bilan biror muhtoj oila sifatli, puxta uyli, joyli bo’lsa, qandoq yaxshi”, - deydi volontyor Erik.

Imorat deyarli tayyor. Ko’ngillilar esa qanchadan-qancha oilalarning hayotiga yaxshilik olib kirayotganini bilib, o’zidan mamnun.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG