Skot Uoker: Obama Xitoy rahbarining AQShga tashrifini bekor qilishi kerak

  • Amerika Ovozi

Prezidentlik uchun respublikachi nomzod Skot Uoker

Prezidentlik uchun respublikachi nomzod Skot Uoker

Xitoy rahbarining AQShga tashrifi arafasida prezidentlik uchun respublikachi nomzodlar Si Zinpinga qarshi tanqidni kuchaytirmoqda.

Viskonsin shtati gubernatori Skot Uoker Prezident Barak Obamani Si Zinpin tashrifini va Oq Uyda uning sharafiga belgilangan ziyofatni bekor qilishga chaqirdi.

“Xitoy dunyoda boshqalar kabi AQSh rahbariyatini hurmat qilsa yaxshi bo’lardi. Hozir muammoning bir qismi shundaki, ular bizni hurmat qilmaydi”, - dedi Uoker.

Oq uy Milliy xavfsizlik bo’yicha davlat maslahatchisi Syuzan Rays ayrim masalalarni muhokama qilish uchun Xiyotga borgan.

Obama ma’muriyatiga ko’ra, Syuzen Rays Pekinda yetakchi rasmiylar bilan uchrashib, mahalliy va global miqyosdagi ayrim mavzular yuzasidan fikr almashadi.

Uoker o’z bayonotida Xitoy keltirib chiqarayotgan bir qator muammolarni sanab o’tdi.

“Xitoy Amerikaga qarshi ulkan kiber hujumlar uyushtirdi. Janubiy Xitoy dengizida harbiy harakatlar, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi hamda nasoro va huquq faollarining doimiy tazyiq ostiga olinishi davom etar ekan, Prezident Obama bu tashrifni bekor qilishi kerak”, - dedi Uoker.

Yana bir respublikachi nomzod Donald Tramp ham Xitoyga nisbatan keskin fikrda.

“Birja bozorlari sinyapti. Hammasiga Xitoy va Osiyoning noto'g’ri rejasi va o’z so’zlarini o’tkazgani sababchi. Ahvol izdan chiqishi mumkin. Trampga ovoz bering”, - dedi Donald Tramp "Twitter" ijtimoiy tarmog'i orqali qilgan murojaatida.

AQShda prezidentlik uchun umidvorlar har doim amaldagi davlat rahbarini Xitoyga nisbatan bo’sh siyosat yuritayotganlikda ayblab keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG