Vashington shtati respublikachilariga Mitt Romni ma'qul

  • Amerika Ovozi

Demokrat shtat sifatida nom qozongan Vashingtonda Respublikachilar partiyasi Mitt Romni prezident Barak Obamani bu yilgi saylovlarda mag'lub qila oladi degan fikrda. 3-mart kuni kengashga yig'ilgan konservatorlar uni nomzodlikka ko'rsatgan.

Shtatma-shtat saralash jarayoni davom etar ekan, 6-mart kuni 10 shtat da'vogarlar uchun ovoz beradi.

Yoz oxiriga borib esa respublikachi nomzod rasman tanlanib, partiyaviy qurultoy bo'lib o'tadi. Demokratik partiya ham o'z saylovoldi yig'inini o'tkazadi.

Poygada Mitt Romnidan tashqari yana uch kishi bor: kongressmen Ron Pol, sobiq senator Rik Santorum va sobiq spiker Nyut Gingrich.

Reytinglar va saralash jarayonida Romni oldinda, Santorum ikkinchi o'rinda ketmoqda.

"Gallup" tashkiloti o'tkazgan ommaviy so'rovlarda respublikachilarning 35 foizi Romni, 24 foizi Santorum, Gingrich 15 foiz, Pol esa 11 foiz olqishga sazovor bo'lgan.

Prezident saylovlari 6-noyabrda o'tadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG