Breaking News

Tarqoq Kongress moliyaviy muammolarni qachon hal etadi?


Vakillar Palatasi spikeri, respublikachilar yetakchisi Jon Beyner prezident Barak Obamani o'zboshchimchalikda ayblaydi
Vakillar Palatasi spikeri, respublikachilar yetakchisi Jon Beyner prezident Barak Obamani o'zboshchimchalikda ayblaydi

Kongressda respublikachi va demokratlar o’tgan yilni quruq bahs qilan o’tkazib, trillion dollarlik byudjet kamomadi, qariyb 15 trillionlik milliy qarz masalasida kelisha olmadi.

Vashingtondagi vaziyatdan amerikaliklar norozi.

‘Ular birga emas, bir-biriga qarshi ishlayapti, xolos. Bu kulgili-ku, axir!", - deydi biri.

“Hech narsaning uddasidan chiqa olmapayti, urishgani-urishgan”, - boshqasi j'or bo'ladi.

Vakillar Palatasida respublikachilar, Senatda esa demokratlar ko’pchilikni tashkil etadi.

Bunday qarama-qarshilik AQSh tarixida eng jiddiylaridan. O’tgan yilda Kongress a'zolarining murosa qila olmagani mamlakatni yangi iqtisodiy jarlik yoqasiga yetakladi. Taraflar kamomadni qisqartirish ustida to’qnashdi.

Respublikachilar hukumat xarajatlarini keskin tushirishni talab qiladi:

“Hozir hukumatga yana mablag’ ajratish bangiga nasha bergan bilan barobar bo’ladi”, - deydi Vakillar palatasi spikeri Jon Beyner.

Demokratlar esa muxolifatni boylarni pana qilib, yo’qsillarga yuk bo’layotganlikda ayblaydi.

“Amerikaning boy oilalari sariq chaqa ham bermayapti. Muhtoj oila farzandlari o’qishiga atalgan mablag’ni esa kesishga tayyormiz,” – deydi demokrat siyosatchi Nensi Pelosi.

Prezident Obama kelasi 10 yilda to’rt trillion dollarga teng kamomadni qisqartirishni talkif etdi. Respublikachi va demokratlar shuning yarmiga kelishdi. Defolt xavfi, moliyaviy majburiyatlarni bajara olmaslik ehtimoli yuzaga keldi. Avgust oyida nufuzli “Standard & Poor’s” kredit agentligi Amerika kredit reytingini pasaytririshga qaror qilgach, xalqaro aksiya bozorlari tahlikaga tushdi.

“Vashingtondagi siyosiy vaziyatni kuzatar ekanmiz, AQSh siyosatchilari moliyaviy barqarorlikni ta’minlay olmaydi deya xulosa qildik”, - deydi “Standard & Poor’s” agentligi rahbari Jon Chambers.

“Yo’q deyishdan boshqani bilmaslik, birovni eshitmaslik, aytganida turib, ana kesib ol, degan siyosat bois ham Kongressning biri ikki bo’lmayapti. Ularning pozitsiyasi shu - nima bo’lsa, bo’lsin”, – deydi Obama.

“Iqtisod ildiziga bolta urayotgan Yevropadagi beqarorlik yoki Xitoy valyuta siyosati emas. Vashingtonni qamragan tarafkashlik, siyosiy qo’rqoqlik asosiy dushmanimizdir”, - deydi Nyu-York meri Maykl Blumberg.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG