Zilzilada darz ketgan Vashington yodgorligi ta’mirdan o’tmoqda

  • Amerika Ovozi

Zilzilada darz ketgan Vashington yodgorligi ta’mirdan o’tmoqda

Zilzilada darz ketgan Vashington yodgorligi ta’mirdan o’tmoqda

Amerika poytaxtidagi eng baland yodgorlik - Vashington Monumenti ta’mirdan o’tmoqda. Avgust oyida ro’y bergan zilzilada unga ozgina darz ketgan edi.

Mashhur Vashington yodgorligi… Bir odam tepaga qarab mingashvolib ketayapti. Balandligi 169 metrlik minoraga belga bitta arqon bog’lab chiqayotgan botir – usta.


U imoratni o’zidan keyin ishlaydigan muhandislar uchun tayyorlab qo’yishi kerak. Shu yilning avgustida 5,8 ballik zilzila oqibatida bu obidaga zarar yetgan, ustalar shuni tuzatmoqchi.

O’tgan-ketgan tepaga qarab, hayron.

“Yer qimirlaganidan keyin tekshir-tekshir boshlanganini bilardim. Lekin bugun tepaga tirmashib ketayotgan odamni ko’rib og’zim ochilib qoldi”, - deydi vashingtonlik Jeff Komer.

Ayovalik Bonni Saksen hamrohi bilan sayohat qilib yurib, nima bo’layotganini tomosha qildi. Avvaliga esi og’gan shekilli, deb o’yladi.

Zilzilada darz ketgan Vashington yodgorligi ta’mirdan o’tmoqda

Zilzilada darz ketgan Vashington yodgorligi ta’mirdan o’tmoqda

“Keyin mutaxassis ekanini, zilzila ketidan yodgorlikning u yog’-bu yog’ini tekshirib yurganini tushundik. Omadini bersin. Bunaqa ishni eplolmasdim”, - deydi sayyoh.

Monument ichidagi kamera olgan video yaqinda ommaga namoyish qilindi. Qattiq silkinish payti… Ofat ro’y berayotgan palla minora tepasida kamida 20 kishi bo’lgan. Soqchi Nikolet Vilyams o’sha kuni xizmatda edi.

“Oyog’im tagida pol borib-kela boshladi. Bir payt butun bino kuchli silkinib, chayqalishga o’tdi. Darrov odamlarni chaqirib, pastga tushira boshladim”, - deydi Vilyams.

Odamlar pastga oshiqar ekan, devorlardan qum, tosh tusha boshladi. Hamma vahimada.

“Portlashmi, otishmami yo zilzilami, o’sha payt tushunib bo’lmadi. Pastroqdagi qavatda favqulodda holatlar uchun eshikni ochdim-da hammani chiqardim”, - deydi Vilyams.

Injener, arxitektor va boshqa ekspertlar monumentni g’ishtma-g’isht ko’zdan kechiradi. Ma’muriyatning bildirishicha, qalam shaklidagi bu binoning uchi eng ko’p zarar ko’rgan.

Zilzilada darz ketgan Vashington yodgorligi ta’mirdan o’tmoqda

Zilzilada darz ketgan Vashington yodgorligi ta’mirdan o’tmoqda

Marmar tosh teshilib, yomg’ir yog’ganda chakka o’ta boshladi va imorat yanada mo’rtlamoqda. Yuqoriga eltuvchi liftni ham tuzatish kerak.

“Yodgorlikning tashqi qismi avvaldan santimetr-santimetrgacha suratga olingan. Endi o’sha suratlar bilan hozirgi tasvirlar taqqoslanadi va yer qimirlashi oqibatida yetgan zarar shundoq ravshan bo’ladi”, - deydi soqchi.

Mazkur tekshiruvlar tugabgina, yodgorlik qachon ochilishi va uni ta’mirlash qanchaga tushishini ma’lum bo’ladi. Muhimi, deydi mutaxassislar, bu qalam-minora asli puxta, chidamli qilib ishlangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG