"AQSh Milliy xavfsizlik agentligi vakolatlarini suiiste’mol qilgan"

  • Amerika Ovozi

“Vashington Post” Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden taqdim etgan razvedka hujjatlariga tayanib xabar beradi.

“Vashington Post” Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden taqdim etgan razvedka hujjatlariga tayanib xabar beradi.

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi fuqarolarni yashirincha kuzatar ekan, har yili vakolatini minglab bor suiiste’mol qilgan, deya yozadi “Vashington Post” gazetasi.

Kongress 2008-yilda maxfiy xizmatni keng vakolatlar bilan siylaganidan beri ahvol shu.

“Vashington Post” Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden taqdim etgan razvedka hujjatlariga tayanib xabar beradi.

Amerika fuqarolari va grin karta egalari mamlakatda va chet elda kim bilan telefonda bog’langani, kimga elektron maktub yozgani kuzatuvda ekan, bu ma’lumot doim ham Kongress yoki maxsus sudga to’liq havola etilmagan.

Adliya vazirligi va boshqa mas’ul idoralarga umumiy ma’lumot uzatilgan, xolos.

Aksariyat xatolar kasbiy layoqatsizlik va uquvsizlik bilan bog'liq, deya yozadi “Vashington Post”.

Xususan, 2008-yilda Vashingtondan qilingan yuzlab qo'ng'iroqlar xatlangan. Aslida Misrga telefonlar kuzatilishi kerak bo'lgan. Biroq dasturda Vashingtonning telefon kodi (202) Misrning xalqaro telefon kodi (20) bilan adashtirib yuborilgan. Biroq bu xatolik haqida rasman xabar berilmagan.

Uch mingdan ziyod amerikalik va grin karta egalari haqida ma'lumot asossiz yig'ib borilgani ma'lum, deya yozadi "Vashington Post".
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG