Vashingtondagi otishmada 12 kishi halok bo'lgan

  • Amerika Ovozi

Harbiy-dengiz kuchlarining ta’minot xizmati shtabida otishma, Vashington, 16-sentabr, 2013-yil.

Harbiy-dengiz kuchlarining ta’minot xizmati shtabida otishma, Vashington, 16-sentabr, 2013-yil.

Bugun Vashingtonda AQSh Harbiy-dengiz kuchlariga qarashli binoda otishma ro’y berib, 12 kishi o’lgan, sakkiz odam jarohat olgan.

Shahar politsiyasiga ko’ra, hujum harbiy sohadagi pudratchi kompaniyada informatsion texnologiya xodimining ishi bo’lgan.

34 yoshli Aaron Aleksisning o’zi ham politsiya bilan otishmada halok bo’lgan. U avtomatik qurol, miltiq va to’pponcha bilan binoga kirib, tartibsiz o’q uzgan.

Aleksis to’rt yil harbiy matros bo’lgan. Xabarlarga ko’ra, 2004- va 2010-yillarda Sietl va Texasdagi otishmalarga aloqadorlikda hibsga olingan. Politsiya Vashingtondagi otishma ortida jiddiy sabab yo’q, Aleksis shunchaki tez asabiylashadigan odam ekanini aytmoqda.

Voqea Kapitoliydan ikki chaqirim narida, Harbiy-dengiz kuchlarining ta’minot xizmati shtabida ro’y bergan. Shtabda uch ming odam kema, suvosti kemasi va jangovar tizimlar muhandisligi, qurilishi, savdosi va xizmati bilan shug’ullanadi.

Prezident Barak Obama otishmada qurbon bo’lganlarni xotirlash uchun juma kuni mamlakat bo’ylab barcha bayroqlarni pastlatishni buyurdi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG