Alyaska, Gavayi, Vashington demokrat nomzodlarga ovoz berayapti

  • Amerika Ovozi

Sobiq Davlat kotibasi Hillari Klinton, avvalgi ichki partiyaviy saylovlarda eng ko'p ovoz olib oldinda ketayapti. Lekin Vermont shtatidan senator Berni Sanders yengilmoqchi emas va ayrim shtatlarda Hillarini ortda qoldirishga muvaffaq bo'layapti.

AQSh g'arbidagi uch shtat - Alyaska, Gavayi va Vashington bugun, shanba prezidentlikka demokrat nomzodlarga ovoz berayapti.

Sobiq Davlat kotibasi Hillari Klinton, avvalgi ichki partiyaviy saylovlarda eng ko'p ovoz olib oldinda ketayapti. Lekin Vermont shtatidan senator Berni Sanders yengilmoqchi emas va ayrim shtatlarda Hillarini ortda qoldirishga muvaffaq bo'layapti.

Chorshanba kuni Bryusseldagi xurujlardan keyin so'zlagan sobiq bosh diplomat asosiy hamlani respublikachi raqiblari Donald Tramp va Ted Kruzga qaratdi. Ularni ehtiyotsiz, qaltis tashqi siyosatni olg'a surayotganlikda ayblab tanqid qildi.

"Haqiqatda ish beradigan siyosat taklif qilishimiz kerak. Hamkorlarimizni bizdan sovitadigan, davlatimizni tahdid ostiga qo'yadigan bayonotlar bilan chiqmaslik lozim", - dedi Hillari.

Yoshlar orasida, birinchi bor saylovga chiqayotganlar orasida obro'si baland Sanders "siyosiy inqilob kerak bizga" demoqda.

Tahlilchilarning aytishicha, bugun demokratlardan yagona nomzodga ovoz berayotgan shtatlarda Sandersning qo'li baland kelishi mumkin.

Hillari nomzodlikni qo'lga kiritish uchun yana 672 delegat jamlashi lozim. Sandersga esa undan ikki karra ko'p ovoz kerak. Demokratlardan yagona nomzod sifatida g'alaba qozonish uchun 2383 ta ovoz yig'ish talab qilinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG