Terrorchilar qay tomon yo'l olmoqda?

  • Amerika Ovozi

Raqqa, Suriya, 2014-yilda olingan surat

"Islomiy davlat" yer tishlayotgani G'arb uchun xush xabar biroq terrorizm yo'q qilingani yo'q. Minglab jangarilar hamon tirik. Ular qayoqqa boradi endi?

AQSh Kontrterrorizm markazi rahbari general-leytenant Maykl Nagata:

"Eng muhim va nozik vazifa razvedka va informatsiya yig'ish tizimlari ishini mukammallashtirish. Chegara xizmati, immigratsiya va qora ro'yxatlarni takomillashtirish".

"Islomiy davlat" safida minglab xorijlik jangarilar bor va ular hozir vataniga qaytishga urinayotgan bo'lishi mumkin. Qaytganlar ham ko'p. AQSh-"INTERPOL" orasida hamkorlik kuchaygan.

— 40 ming 100 nafardan oshiq chet ellik jangari o'tgan to'rt yil ichida Suriya va Iroqqa borgan

— Bu jangarilar kamida 120 mamlakatdan

— Taxminan 280 amerikalik Suriya va Iroqqa borishga harakat qilgan lekin tutilgan

— Taxminan 36 amerikalik Suriyada terroristlar safida o'lgan

— INTERPOL hozir qariyb 14 ming chet ellik jangari haqida ma'lumotga ega. Ular 60 mamlakatdan.

— O'tgan to'rt yil ichida jangarilar haqida ma'lumot beradigan manbalar bir necha karraga ko'paygan

— Yevropa Ittifoqi va G'arbdagi boshqa davlatlar ism-sharifdan tanuvchi yangi texnologiyalarni ishga solmoqda

AQSh hukumatiga ko'ra, immigratsiyani cheklovchi qarorlar terrorizmga qarshi kurashning bir qismidir. Amerikaga kirmoqchi bo'lgan har bir shaxs izchil tekshirilishi shart, deydi Prezident Donald Tramp.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Fikringiz

XS
SM
MD
LG