Din

Oq Uyda iftor dasturxoni yozildi

  • Amerika Ovozi

Oq Uy, 10-avgust, 2012

Oq Uy, 10-avgust, 2012

Prezident Barak Obama tadbirni ochar ekan, Viskonsin shtatida o’tgan hafta sikhlarga qarshi qilingan hujumni tilga oldi.



Oq tanli millatchi olti muhojirni otib o’ldirilgani jamiyat uchun haqiqiy fojia, deydi Obama.

Oq Uydagi iftorga musulmon yetakchilar, islom dunyosi vakillari, xususan Markaziy Osiyo respublikalarining Vashingtondagi diplomatlari, diniy rahnamolar taklif qilindi.

“Biror amerikalik ibodat qilishga borganida tahdid ostida bo’lmasligi kerak. Biz bunday qo’rqinchdan xoli yashashga haqlimiz. Har bir amerikalik o’zi istagan dinga erkin e’tiqod qila olishi shart. Diniy erkinlik – uzviy huquq. Biz uni o’z zaminimizda va butun dunyo bo’ylab targ’ib qilamiz, uning himoyasida turamiz”,- dedi Obama.

Prezident fikricha sikhlar ibodatxonasidagi hujumda nafaqat bu din vakillari balki butun Amerika va uning qadriyatlari nishonga olingan.

Sikhlar asosan Hindistonning Panjob shtatida yashaydi. Hindu dinining islohotchi oqimi hisoblanadi. Vatanda ular 20 milliondan ziyod, G’arbda, xususan Amerika, Kanada va Yevropa Ittifoqida ikki milliondan oshadi. Sikh erkaklar salla kirib yurgani uchun ularni ko'pincha musulmonlar bilan adashtirishadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG