Breaking News

Dunyo gripp epidemiyasiga qanchalik tayyor?


Dunyo gripp epidemiyasiga qanchalik tayyor?
Dunyo gripp epidemiyasiga qanchalik tayyor?

Jahon Sog’liqni saqlash tashkilotiga ko’ra, gripp kasalligining ommaviy tarqalishiga qarshi tayyorgarlik ilgariga qaraganda ancha jadallashgan.

Tashkilot rasmiysi Mari-Pol Kini “Amerika Ovozi” bilan suhbatda 11 rivojlanayotgan mamlakatda grippga qarshi vaksina ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgani, ularga moliyaviy va texnologik yordam ko’rsatilayotganini ta’kidladi.

“Shu kunga qadar qilingan ishlar samara bera boshladi. Biz gripp vaksinasini yetarlicha, ya’ni ehtiyoj qondirilgunicha ishlab chiqaramiz. Shu bilan birga turli mamlakatlarda laboratoriyalar sonini ko’paytiramiz”, - deydi Mari-Pol Kini.

Keyingi epidemiya qayerda va qachon bo’lishini hech kim bashorat qila olmaydi. Dorini esa faqat virus tarqala boshlaganidan keyingina ishlab chiqargan ma’qul.

Ma’lumki, so’nggi yillarda parranda va cho’chqa grippi keng tarqalib, yuzlab odamlarni hayotdan olib ketdi. Mutaxassislar nazarida dori vaqtida yetkazib berilmagani sababli ham ko’pchilik kasallik qurboni bo’ldi.

Sog’liqni saqlash tashkilotiga ko’ra, vaksina ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning 40 foizi rivojlangan dunyoda joylashgan. Tashkilot yordamida rivojlanayotgan mamlakatlarda ham laboratoriyalar tashkil etilmoqda.

So’nggi yillarda Braziliya, Koreya, Hindiston va Ruminiyada gripp vaksinasi ishlab chiqarila boshlandi.

Endi navbat Misr, Indoneziya, Eron, Meksika, Serbiya, Tailand va Vyetnamga, deydi
Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti rasmiylari.

XS
SM
MD
LG