Xalqaro salomatlik kuni e'tibor keksa yoshlilarda

  • Amerika Ovozi

Tibetda ibodat paytida

Tibetda ibodat paytida

Bugun Xalqaro salomatlik kuni. Shu munosabat bilan BMT qoshidagi Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti e’tiborni uzoq yashash sirlariga qaratmoqda.

Har bir jamiyatda imkon qadar sog’lom hayot tarzi targ’ib qilinishi kerak. Bugun inson uzoqroq yashay boshlagani sir emas, deydi Margaret Chan, Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti rahbari.

Kelasi besh yil ichida 65 dan otgan odamlar soni hali 5 ga kirmaganlarnikidan oshib ketadi. Bu degani ko’payish va qarish orasidagi farq bir-biriga yaqinlashib bormoqda.

Inson uzoqroq ishlaydi, ya’ni pensiya yoshidan o’tib ham mehnatga layoqatli, deydi Margaret Chan. 65 yoshdan keyin ham yangi kasb-hunar o’rganayotgan odamlar ko’p.

2050-yilga borib, keksa yoshdagilarning 80 foizi hozirda “rivojlanayotgan mamlakat” hisoblanadigan jamiyatlarda yashaydi.

Katta yoshlilar orasida kuzatiladigan va ularni hayotdan olib ketadigan sabablar esa asosan yurak kasalliklari, miyaga qon quyilishi, rak-saraton, qand kasali va o’pka bilan bog’liq xastaliklar. Sog’lom ovqatlanib, ko’p harakat qilishni yoshlikdan boshlash kerak, deydi mutaxassislar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG