Breaking News

Ayollarga nisbatan zo'ravonlik - global epidemiya


20-iyun kuni Jenevada Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Londondagi Gigiyena va tropik tibbiyot taddotlari instituti hamda Janubiy Afrikaning tibbiy tadqiqotlar kengashi ayollarga nisbatan zo’ravonliklarga bag’ishangan hisobotini chiqardi.

Copy of NI WHO Women Domestic Violence
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:36 0:00
Yuklab oling

“Ayollarga nisbatan zo’ravonlikning global va mintaqaviy sarhisobi” deb nomlangan hujjatda qayd etilishicha, xotin-qizlarning 35 foizi muntazam ravishda xo’rlanadi.

Oilali ayollarning kamida 30 foizi eri qo’lida azoblanadi. Jinsiy tajovuz, do'pposlanish, jismoniy va ruhiy bosim singari holatlar haqida gap ketmoqda.

Hisobot mualliflari barcha sohalarda bu muammoga qarshi kurashish kerakligini ta’kidlaydi, zo’ravonlik qurbonlarini qo’llab-quvvatlashga undaydi, yangi ko’rsatma va tavsiyalar beradi.

Zo’rlangan va tahqirlangan ayollarga yordamni oshirish kerak, deyiladi tahlilnomada.

Zo’ravonlik tabiiyki ayolning jismoniy va ruhiy ahvoliga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Asoratlari suyak sinishidan tortib tug’ruq paytidagi tibbiy qiyinchiliklargacha. Ruhiy muammolarga hisobotda alohida urg’u beriladi.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Margaret Chan ayollarga nisbatan zo’ravonlik global epidemiya deydi.

Turmush o’rtog’i tomonidan zo’rlangan ayollar orasida o’lim hollari 38 foiz.

Zo’rlangan va kaltaklangan ayollarning 42 foizi esa jiddiy jarohat oladi.

Depressiyaga tushishi ehtimoli ikki baravar balandroq.

Ichkilikka berilish va jinsiy kasalliklar orttirish hollari ko’payadi. Istamagan ravishda homilador bo’lish, erta tug’ish yoki abort qildirish ham shular qatorida.

“Davlatlar jinsiy zo’ravonlikka oid ma’lumotni to’plash uslublarini o’zgartirishi kerak,” – deydi tadqiqotchi olima, doktor Naima Abrams.

Dunyo bo’ylab 7,2 foiz ayollar turmush o’rto’g’i emas, boshqa erkak tomonidan zo’rlangani ma’lum bo’lgan.

Turli zo’ravonliklarning oldini olishda bir yoqadan bosh chiqarib kurashmasak bo’lmaydi, deydi mutaxassislar.

Birinchi navbatda, zo’ravonlik qurbonlariga sifatli tibbiy yordam ko’rsatish kerak.

“Sog’liqni saqlash sohasi xodimlari bunday ayollarni qo’llab-quvvatlasin, - deydi Jahon solg’liqni saqlash tashkilotidan doktor Klaudia Garsia-Moreno.

"Aksariyat hollarda ular nima qilishni bilmaydi”, - deya e’tirof etadi u.

Qurbonlar SPID (OITS) ga qon topshirsin, homilador bo’lgan ayolga tegishli muolaja ko’rsatilsin. Shifokor va hamshiralar ayollar bilan suhbatlashishni va olingan ma’lumotni sir saqlashni o’rganishi kerak.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG