Somalida misli ko'rilmagan qahatchilik, kasalliklar tarqalmoqda


Somalida misli ko'rilmagan qahatchilik, kasalliklar tarqalmoqda

Somalida misli ko'rilmagan qahatchilik, kasalliklar tarqalmoqda

Jahon Sog’liqni saqlash tashkilotiga ko’ra, Somalining yana beshta viloyati ocharchilikka yuz tutmoqda.

Qurg’oqchilik va zo’ravonliklardan aziyat chekayotgan millionlab odamlarga tezda yordam berish zarur, deydi mutaxassislar.

Sog’liqni saqlash tashkilotining Somalidagi vakilasi Marte Everard so’zlariga ko’ra, 3.7 million odam, ya’ni Somali aholisining yarmi, tezkor insonparvarlik yordamiga muhtoj.

Somalida misli ko'rilmagan qahatchilik, kasalliklar tarqalmoqda

Somalida misli ko'rilmagan qahatchilik, kasalliklar tarqalmoqda

“Mamlakat janubida yashovchi bolalarning 50 foizi va kattalarning ham anchaginasi to’yib ovqat yemaydi. Bu esa ularning salomatligi tobora yomonlashishiga olib kelyapti”, - deydi Everard.

So’nggi payt mamlakatda qizamiq hamda ichimlik suvi orqali tarqaladigan kasalliklar ham ko’paygan. Yanvar oyidan buyon 50 ming odam vabo va terlamaga chalingan.

Marte Everard vaboning tarqalishi ommaviy tus olmasligi uchun qattiq choralar ko’rilayotganini ta’kidlaydi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti yaqinda Somalining uch viloyatida ocharchilik hukm surayotganini ma’lum qilgan edi. Endilikda boshqa viloyatlarga ham tarqalmoqda.

“Agar bu krizisga qarshi tezda chora ko’rilmasa, yana minglab odam aziyat chekadi”, - deydi Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti vakili.

Somalida misli ko'rilmagan qahatchilik, kasalliklar tarqalmoqda

Somalida misli ko'rilmagan qahatchilik, kasalliklar tarqalmoqda

Janubiy Somalida ishlab turgan Qizil Xoch xalqaro qo’mitasiga ko’ra, misli ko’rilmagan qahatchilik oqibatida ko’plar mamlakatni tark etish harakatida.

Guruh vakilasi Nikol Engelbrext uylarini tashlab ketganlarning ahvoli ayniqsa og’ir, deydi. Buning asosiy sabablaridan biri esa qurg’oqchilik natijasida qoramol ham kamayib ketgani.

“Ko’plab jonivorlar, xususan qoramol o’layotganiga guvoh bo’lyapmiz. Tirik qolganlari esa ochlikdan sut bera olmaydi, podachilik qiladigan oilalar juda qiynalyapti. Ayniqsa yosh bolalarning yomon ovqatlanishi - sut yo’qligidan”, - deydi mutaxassis.

Somaliga tezda insonparvarlik yordami ko’rsatilmasa bolalar nobud bo’ladi, deya bong urmoqda xalqaro tashkilotlar.

Somalida misli ko'rilmagan qahatchilik, kasalliklar tarqalmoqda

Somalida misli ko'rilmagan qahatchilik, kasalliklar tarqalmoqda

BMT Bolalar jamg’armasi – UNICEFga ko’ra, bugungi kunda 780 ming go’dak hayoti xavf ostida.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti al-Qoida terrorchilariga aloqador bo’lgan, Somalidagi al-Shabab jangari guruhiga murojaat qilib, insonparvarlik yordamini odamlarga bemalol yetkazish uchun imkon berishni, xalqaro tashkilotlar xodimlarining xavfsizligini ta’minlashni so’ramoqda.

Al-Shabab bunday kafolat berishi amri mahol. Yaqinda jangarilar “Somalida ocharchilik yo’q, bu BMTning hiylasi xolos” deya bayonot chiqargan edi.

XS
SM
MD
LG