Silga chalinganlarning qonini tekshirmang, deydi BMT mutaxassislari

  • Amerika Ovozi

Silga chalinganlarning qonini tekshirmang, deydi BMT mutaxassislari

Silga chalinganlarning qonini tekshirmang, deydi BMT mutaxassislari

BMT qoshidagi Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotiga ko’ra, sil kasalligiga chalinganlardan tibbiy tashxis uchun qon olish amaliyotini to’xtatish zarur, chunki u bemorlar hayotini jiddiy xavf ostiga qo’yadi.

Aksariyat hollarda bunday tekshiruv to'g'ri natija bermaydi va nomaqbul muolaja sabab insonlar nobud bo'ladi. Bir yil davomida o’tkazilgan tadqiqot shuni isbotlagan.

Tashkilot hukumatlar, kasalxona va shifokorlarga murojaat qilib, bunday amaliyotga barham berishni talab qilmoqda.

Qon olish o’rniga molekulyar tashxis o’tkazish kerak, deydi BMT ekspertlari. Bu usul nafaqat xavfsiz, balki qon olishdan tezroq va arzonroq. Qon tekshiruvi taxminan 30 dollar bo’lsa, molekulyar ko’rik 16 dollarga tushadi.

Tashkilot xodimi Karin Veyerning aytishicha, qon analizi har uch holdan birida noto’g’ri natijani ko’rsatadi va qayta o’tkazilishi kerak.

Xatolar sabab silga chalinish va boshqalarga yuqtirish darajasi yuqori, deydi Veyer.

Hindiston, Pokiston, Xitoy, Afg’oniston, shuningdek, Afrika mamlakatlari va Sharqiy Yevropada shu kunga qadar aynan qon olish amaliyoti keng yo'lga qo'yilgan.

Yiliga dunyo bo’ylab 9,4 million odam silga chalinadi. Kasallik har yili u 1,7 million kishini hayotdan olib ketadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG