Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti: Zika Olimpiya o'yinlariga tahdid emas

  • Amerika Ovozi

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti nazarida joriy yil Braziliyada rejalangan Olimpiya o'yinlari Zika virusi kengroq tarqalishiga turtki bermaydi.

Xalqaro tashkilot Zika virusi yuzasidan Jenevada favqulodda majlis o'tkazdi. Unda xavfli virusning Rio-de-Janeyro va boshqa shaharlarda yanada yoyilishi ehtimoli muhokama qilindi.

Tashkilot vakili, doktor Deyvid Xeyman so'zlariga ko'ra, xulosa shuki, Olimpiya o'yinlari oqibatida Zika xalqaro jabhada tarqaladi degan xavotirlar o'rinsiz.

Zika virusi chivinlar orqali yoyiladi va chaqaloqlarda mikrosefaliyaga, ya'ni miya xastaligiga yetaklaydi. Lotin Amerikasi miqyosida Braziliyada, Olimpiya o'yinlariga mezbon davlatda eng ko'p kasallik holatlari aniqlangan.

Yuzdan ziyod shifokor Jahon sog'liqni saqlash tashkilotidan yozgi musobaqalarni kechiktirish yoki boshqa davlatga ko'chirishni so'rayotgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG