Breaking News

"WikiLeaks" fosh etgan ma'lumotlar yuzasidan bahslar davom etmoqda


AQSh diplomatlari orasida kechgan yozma muloqotlarda prezident Karzay biror kuchga ega emas, gapini hech kimga o’tkaza olmaydi degan izohlar bor.
AQSh diplomatlari orasida kechgan yozma muloqotlarda prezident Karzay biror kuchga ega emas, gapini hech kimga o’tkaza olmaydi degan izohlar bor.

“WikiLeaks” sayti oshkor etgan maxfiy ma’lumotlarda Amerika diplomatlari Afg’onistonda hayotning har bir jabhasi korrupsiyaga asoslangan deb yozadi.

Pora olish, moliyaviy firibgarlik va qoradori savdosi daromadi hukumat tizimlarida shunday chuqur ildiz otganki, bu tabiiy bir holga aylangan deyiladi minglab hujjatlarda.

Prezident Karzay biror kuchga ega emas, gapini hech kimga o’tkaza olmaydi degan izohlar bor. Afg’onistonda faqat bir vazir, qishloq xo’jaligi uchun javobgar Osif Rahimiy halol odam deya tasvirlangan.

Afg’onistonda bunday muammo borligi sir emasku, axir deyish mumkin, ammo AQSh Davlat departamenti uning ichki qog’ozlari bugun keng jamoatchilik diqqatida ekanidan norozi va “WikiLeaks”ni davlat sirlarini fosh etib xavfsizlikka tahdid solayotganlikda ayblamoqda.

“Global tinchlik agar yolg’on va ko’zbo’yamachilikka asoslangan bo’lsa, unda buni o’zgartirish kerak",- deydi "WikiLeaks" vakili Kristin Xrafnsson.
“Global tinchlik agar yolg’on va ko’zbo’yamachilikka asoslangan bo’lsa, unda buni o’zgartirish kerak",- deydi "WikiLeaks" vakili Kristin Xrafnsson.

“WikiLeaks” qo’lga kiritgan chorak millionga yaqin diplomatik hujjatlarda Rossiya xususida ham minglab bayonot, maktub va rasmiy xulosalar bor.

Masalan, AQSh Mudofaa vaziri Robert Geytsning Rossiya butunlay mafxiy xavfsizlik kuchlari tomonidan boshqariladi degan fikri keltiriladi. Bosh vazir Vladimir Putin bu fikrni qoralab, asossiz gaplar deydi.

Xalqaro aloqalar bo’yicha tahlilchi Den Plesh nazarida Rossiya Amerikaning bu kabi qarashlaridan hayron bo’lmasligi kerak.

Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin "WikiLeaks" da chiqqan hujjatlarda uning davlat haqida aytilgan gaplarni safsata deb ataydi.
Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin "WikiLeaks" da chiqqan hujjatlarda uning davlat haqida aytilgan gaplarni safsata deb ataydi.

“Buni odamlarning o’zi ham yaxshi biladiku! Rossiya kimning qo’lida? Juda ko’p tilga olinadigan mavzu bu. Taxminu bahslarning cheki yo’q",- deydi ekspert.

"Bunday olib qarasak, Amerikaga ham toza jamiyat deb qarashmaydi. Saylovlar va siyosat aslida pul va boylikka borib taqaladi degan fikrlar keng tarqalgan”.

Vashingtonga AQShning Moskvadagi elchixonasidan yuborilgan nomalarda Rossiya mafiya boshqaruvidagi davlat deb baholanadi. Putin bu ham safsatabozlik deb javob bermoqda.

Ekspert Den Plesh ta’biricha, “WikiLeaks” AQSh-Rossiya aloqalariga unchalik ta’sir qilmaydi. Bu davlatlar bir-biriga kerak, deydi u.

“Obama ma’muriyati o’tgan ikki yilda bu mamlakat bilan ancha-muncha masalalarda kelishib oldi. Strategik qurollarni kamaytirishdan tortib, Eronga nisbatan qanday ish ko’rishgacha”.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, bugun rishtalar mustahkam.

Lekin “WikiLeaks” vakili Kristin Xrafnsson hujjatlar katta ahamiyatga ega deydi.

“Global tinchlik agar yolg’on va ko’zbo’yamachilikka asoslangan bo’lsa, unda buni o’zgartirish kerak. Siyosatchilar ommaga bir gapni aytib, aslida boshqa ishni qilayotgani bu hujjatlarda yaqqol ko’rinib turibdi”,- deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG