Iroqdagi talofat va jinoyatlar sir tutilmagan, deydi AQSh armiyasi qo'mondoni

  • Amerika Ovozi

General Jorj Keysi hozirda AQSh armiyasi qo'mondoni. 2004-2007 yillar orasida Iroqdagi xalqaro qo'shinlarni boshqargan.

General Jorj Keysi hozirda AQSh armiyasi qo'mondoni. 2004-2007 yillar orasida Iroqdagi xalqaro qo'shinlarni boshqargan.

Iroqda AQSh qo’shinlariga ikki yarim yil mobaynida qo’mondonlik qilgan general Jorj Keysi o'lim hollari va xatolarni yashirmaganini aytmoqda.

Yaqinda internetda maxfiy ma’lumotlarni fosh etib tanilgan “WikiLeaks” sayti Iroq urushiga doir 400 ming hujjatni chop etgan edi.

General Keysi hozirda AQSh armiyasi bosh qo’mondoni. Iroqda 2004 yilning o’rtasidan 2007 yil boshigacha xizmat qilgan.

Urushning eng og’ir davrlari edi, deydi general.

“O’lganlar soni qancha bo’lsa, ochiq aytganmiz. Ko’plab fuqarolar halok bo’layotgani sir emas edi. Biz ularni birma-bir sanaganmiz va hisobot berganmiz. Hatto morglarga borib, har bir o’lim holini aniqlashtirishga harakat qilganmiz”, - deydi Keysi.

"WikiLeaks" bosh muharriri Julian Assanj hujjatlar mazmuni bilan tanishtirmoqda

"WikiLeaks" bosh muharriri Julian Assanj hujjatlar mazmuni bilan tanishtirmoqda

“WikiLeaks” fosh etgan ma’lumotlarda 2003 yilning mart oyidan 2010 yilgacha 100 mingdan oshiq odam o’lgani aytiladi. Hujjatlarga ko’ra, yana 15 ming fuqaro qanday halok bo’lgani noma’lum. Ularning o’limi tekshirilmagan, e’tiborga olinmagan.

General Jorj Keysi “O’lganlar soni va talofat ko’lamini aniq bilish biz uchun juda muhim edi” deydi.

"Biz va biz bilan olishayotgan jangari guruhlar xalq hayotini qanchalik og’irlashtirganini bilamiz. Chunki buning guvohi bo’lganmiz. Amerika qo’shinlari aholini himoya qilishni o’z vazifasi deb bilgan. Harbiy harakatlarimiz qancha foyda va qancha ziyon keltirganini ko’rganmiz”, - deydi general.

Hujjatlarda Iroqda 2003 yilning mart oyidan, ya'ni urush boshlangan davrdan 2009 yilning oxirigacha 100 mingdan ziyod kishining yostig'i qurigani qayd etiladi

Hujjatlarda Iroqda 2003 yilning mart oyidan, ya'ni urush boshlangan davrdan 2009 yilning oxirigacha 100 mingdan ziyod kishining yostig'i qurigani qayd etiladi

“Harbiy xatolar va jinoyatlarga ham ko’z yummaganmiz”,- deydi u.

"Mahbuslarni qiynoqqa solish hollari kuzatilsa, darhol chora ko’rganmiz. Har qanday qiynoq man etilgan. Qonunni buzgan harbiylar jazolangan. Biz juda qat’iy ish tutganmiz”, - deydi general Jorj Keysi.

“WikiLeaks chop etgan hujjatlarda jang maydonidan kelgan hisobotlarni ko’rasiz.

Eron jangarilarni ilg’or qurollar bilan ta’minlagani va bu guruhlar aholini shafqat qilmaganini isbotlovchi dalillar keltiriladi.

AQSh Iroq xavfsizlik kuchlariga haddan tashqari ko’p vakolatlar bergani va ularning ishini yaqindan kuzatmagani aytiladi. Hujjatlar mahbuslarni azoblash hollari asosan iroqliklar tomonidan amalga oshirilganini ko’rsatadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG