AQShda ayol harbiylarga jangovar amaliyotlarda qatnashishga yo'l ochildi

  • Amerika Ovozi

Harbiy ayollar

Harbiy ayollar

AQSh armiyasida jang maydonida erkak piyoda askarlar bilan bir qatorda endi ayollar ham jang qilishi mumkin. Shu paytgacha harbiy ayollar jangovar amaliyotlarga yo'latilmas edi.

Armiya 22 ayolning ro'yxatini tasdiqlab, ayni damda ular ofitserlik kurslarida o'qimoqda. Ular, shuningdek, bronetank va piyoda askarlar safida ham maxsus tayyorgarlikdan o'tadi.

Armiyaning bildirishicha, bu ayollar barcha jismoniy talablarni bajargandan so'nggina jangovar qismlarga biriktiriladi.

Ayollar azaldan AQSh qurolli kuchlarida xizmat qiladi. 18-asrda Amerika inqilobi, Fuqarolar urushi va Meksika urushlarida ayollar erkaklar kiyimini kiyib jang qilardi. Birinchi jahon urushida 12 mingdan ziyod ayol Harbiy-dengiz kuchlari va Dengiz piyoda askarlarida, Ikkinchi jahon urushida esa jami 350 ming amerikalik ayol xizmat qilgan. Ular, asosan, hamshiralik qilgan.

1991-yilda Fors ko'rfazidagi birinchi urushda 40 mingdan ziyod ayol qatnashgan, ba'zilari jang maydonida olishgan. Ammo 1994-yili Mudofaa vaziri Les Aspin xotin-qizlarga jangovar amaliyotlarda ishtirok etishni taqiqlab qo'ydi.

Ayni damda AQSh qurolli kuchlarining 15 foizini ayollar tashkil etadi, ya'ni 165 mingdan ziyod ayol oddiy askar sifatida xizmat qilmoqda, qo'shimcha 35 ming ayol ofitser unvoniga ega.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG