Breaking News

O'zgarish qilish oson emas, deydi faol ayollar


Sano, Yaman poytaxtidagi manzara
Sano, Yaman poytaxtidagi manzara

Ayollar global ishchi kuchining 40 foizdan oshig’ini tashkil etadi. Hech bir jamiyat ularning iqtisodiy va siyosiy ishtirokisiz rivojlana olmasligi qayta-qayta isbotlangan fakt.

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada repressiv tuzumlarga qarshi bosh ko'targanlar safida ayollar ko'p.

Arab ayollari erkinlik va adolat talab qilmoqda
Arab ayollari erkinlik va adolat talab qilmoqda
Tunis, Misr va Liviyada ular uzoq yillik rahbarlarni taxtdan ag’darishga ko’maklashdi.

Karen Sherman - "Ayollar ayollar uchun" nomli gumanitar tashkilot xodimi.

"Odamlarni o’z haqqini talab qilishga undagan, qurol-yarog’ olib kirishga yordamlashgan, jurnalistlarga axborot uzatib turgan, namoyish paytida jarohat olganlarga qaraganlar - opa-singillarimiz", - deydi u.

Misrlik Sara G’alol 30 yillik rahbar Husni Muborak hokimiyatdan ketishiga guvoh bo’lgan. Hozir Texasda, Jorj Bush prezident markazida xotin-qizlar masalalari bo’yicha izlanadi.

Yaman ayollari yetakchisi bugun Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Tavakul Karmon
Yaman ayollari yetakchisi bugun Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Tavakul Karmon
"Ayollar oldingi safda turib, qo’shiq aytib, yetakchilik qilayotganini ko’rib, meni qanchalik hayajon bosganini bilsangiz edi",- deydi Sara G'alal.

Samar al-Husayniy ham shu dastur qatnashchisi. Uningcha, tarixiy o’zgarishlar yuz berdi, lekin xalq orzusiga erisha olgani yo’q.

"Inqilobdan oldin barcha muammolarda eski tuzumni, Muborak hukumatini ayblar edik. Undan qutulsak, hammasi joyiga tushadi der edik. Afsuski, bugungi manzarani ko’rib haliyam achinadi kishi",- deydi al-Husayniy.

Siyosatshunos Raniya al-Malikiy yuqoridagi fikrga qo’shiladi.

Qohira
Qohira
"Diktator-ku ag’darildi, lekin jamiyatda o’rnashib qolgan patriarxal dunyoqarash va munosabatlarni o’zgartirish qiyin",- deydi Raniya al-Malikiy.

Yamanda hukumat yangilanishida ham xotin-qizlarning hissasi katta.

Faollardan biri Ashvaq al-Rabbiy:

"Har bir ayol o’z haqqini bilishi va kurashishi kerak. Bizning mamlakatda qilinadigan ishlar ko’p hali".

Yozuvchi Zafaron Ali deydiki, sobiq prezident Ali Abdulla Solihni qanchalik yomonlashmasin, u tenglik va adolat kabi tushunchalarga befarq emas edi.

Misrda harbiy boshqaruvga qarshi namoyishlar ortida ayollar turibdi
Misrda harbiy boshqaruvga qarshi namoyishlar ortida ayollar turibdi
"Solih davrida ayol kishi erkak hamrohisiz erkin harakatlanish, ta’lim olish, oila qurib farzandli bo’lish, ishlash huquqiga ega edi. Ana shunday jamiyat yaralishida uning xizmati bor",- deydi Zafaron Ali.

Karen Sherman deydiki, erkak va ayol teng huquqli bo’lsin desak avvalo iqtisodiy mustaqillik tushunchasiga urg’u berish zarur.

"Ro’zg’orni tebratishda teng hissa qo’shayotgan, uyga daromad olib kelayotgan ayolning mavqei ham oilada, ham jamiyatda balandroq bo’ladi. Iqtisodiy imkoniyatlarning ahamiyati ana shunda",- deydi Karen Sherman.

Iqtisod yoki siyosat, arab dunyosini ostin-ustun qilgan inqiloblarda qatnashgan ayollar yurt ravnaqini o’zimiz belgilaymiz, tenglik va demokratiyadan boshqa yo’l yo’q, deydi.

Dunyo bo'ylab xotin-qizlar ahvoli haqida ma'lumot

  • Ayollar global ishchi kuchining 40 foizdan oshig'ini tashkil etadi.
  • Deyarli barcha mamlakatlarda qizlar boshlang'ich maktabda o'qish imkoniyatiga ega. Maorif va ta'lim sohasida og'il bola va qizlarga teng qarab, birdek o'qitish jadal tarzda rivojlanib bormoqda.
  • 1980-yildan beri ayollar dunyoda erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashi kuzatilmoqda.
  • Hech bir jamiyat ayolning iqtisodiy va siyosiy ishtirokisiz rivojlana olmasligi qayta va qayta isbotlangan fakt.
  • Qullikka majburlanayotganlarning aksariyati - xotin-qizlar.
  • Ko'plab jamiyatlarda ayollarga kam maosh to'lanadi. Ish joyida jinsiy kamsitish hollari kuzatiladi.
  • Ko'plab jamiyatlarda ayollar qaror qilish imkoniyatiga ega emas. Ular o'z hayotini o'zi nazorat qilmaydi.
  • Manba: Jahon Banki

Jahon xotin-qizlari hayotini aks ettiruvchi suratlar:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG