"Jasoratli ayol" mukofotining bu yilgi sovrindorlari kim?

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat departamenti, 29-mart, 2016

AQSh Davlat departamenti, 29-mart, 2016

AQSh Davlat departamenti har yili dunyoning bir necha yetakchi qiz-juvonini "Jasoratli ayol" mukofoti bilan taqdirlaydi. Ular adolat, inson huquqlari, demokratiya, taraqqiyot yo'lida qilayotgan xizmatlari uchun rag'batlantiriladi. O'tgan yillarda bu sovrin O'zbekiston, Qirg'iziston va Tojikiston ayollariga ham buyurgan. Bu yil mintaqadan hech kim yo'q. ​

"Jasoratli ayol" mukofotiga bu yili loyiq topilganlar orasida xotin-qizlar huquqlari uchun kurashgan yazidiy faol, advokat, ayirmachilik va radikalizmga qarshi kurashuvchi nodavlat tashkilotlar rahbarlari, demokratiyani targ'ib qilayotgan rossiyalik jurnalist hamda korrupsiyaga qarshi jonbozlik ko'rsatgan mutaxassis bor.

"Bu yil biz uch muhim jabhada jasorat ko'rsatgan ayollarni taqdirlayapmiz. Ular jinsiy zo'ravonlik va korrupsiyaga qarshi kurashib, barcha uchun qonun ustivorligi, adolat va inson huquqlarini targ'ib qilgan liderlardir", - dedi Davlat kotibi Jon Kerri.

Kerriga ko'ra, 14 ayolning har biri dunyo ahli uchun namunadir. Ular haqsizlikka yo'q deb, zamondoshlarini adolatli va bag'rikeng bo'lishga undab kelmoqda.

Xitoylik Ni Yulan hukumati ruxsat bermagani uchun taqdimot marosimiga kela olmadi.

Nisha Ayub bu mukofotga loyiq topilgan ilk transseksual ayol. Musulmon davlatda yashovchi bu faol barcha qatori oddiy fuqaro sifatida yashashni istaydi.

"Fikr erkinligi, ta'lim erkinligi kabi asosiy inson huquqlariga ega bo'lishni xohlaymiz", - deydi Nisha Ayub.

"Jasoratli ayol" mukofoti ta'sis etilganiga 10 yil bo'ldi. Sovrindorlar soni bu yili 101 nafarga yetdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG