Ayollar futboli Jahon kubogi: Chempion – Yaponiya


Ayollar futboli Jahon kubogi: Chempion – Yaponiya

Ayollar futboli Jahon kubogi: Chempion – Yaponiya

Ayollar futboli bo’yicha FIFA Jahon kubogining yakuniy o’yini Germaniyaning Frankfurt shahrida bo’lib o’tdi.

AQSh va Yaponiya o’rtasidagi o’yin 3:1 hisobida yaponlar g’alabasi bilan yakunlandi.

AQSh terma jamoasi uchun bu 1999 yildan buyon birinchi Jahon kubogi bellashuvi bo’ldi. O’shanda Amerika futbolchilari g'olib chiqqan edi.

Komanda 2008 yilda Pekindagi Olimpiadada oltin medalni qo'lga kiritgan.

Amerika ayollar terma jamoasi dunyodagi eng kuchli guruh hisoblanadi.

Yaponiya futbolchi qizlari Jahon kubogi mezboni Germaniya terma jamoasi, so’ngra esa yarim finalda Shvetsiya ustidan g’alaba qozonib, finalga chiqishga muvaffaq bo’ldi.

May oyida AQSh va Yaponiya jamoalari tayyorgarlik jarayonida ikkita o’yinda uchrashgan va har ikkalasida AQSh jamoasi 2-0 hisobi bilan yutib chiqqan edi.

Finaldan oldin AQSh-Yaponiya o’yini qanday natija bilan tugashi mumkinligi borasida hatto ashaddiy futbol muxlislari ham aniq bir fikr bildirishga qiynalgan edi. Chunki ikkala komanda ham nihoyatda kuchlidir.

AQSh jamoasi darvozaboni Xoup Solo raqib tomonni yuqori baholab, Yaponiyadagi sunami va zilziladan keyin bu qizlar nafaqat o’z jamoasi, balki butun japon xalqi uchun o’ynamoqda degan edi.

Amerikaning yana bir usta o’yinchisi Ebbi Vamba esa g’alabaga ishonch bildirgan edi.

“Finalga chiqish bir sinov, uni yutish umuman boshqa masala. Finalga chiqish bilan qoniqib o’tirmaymiz. Bizning jamoa 2003 va 2007 yillarda uchinchi o’rinni egallaganining ahamiyati yo’q. Bu o’yinda birinchilikni qo’lga kiritish niyatidamiz”.

Bugungi o'yinni nafaqat AQSh va Yaponiya, balki dunyoning boshqa mamlakatlarida ham millionlab futbol muxlislari tomosha qildi.

XS
SM
MD
LG