1-dekabr - OITSga qarshi xalqaro kurash kuni

  • Amerika Ovozi

Pokistonda VICH bilan og'rigan bemorlar yig'ini. Karachi, 30-noyabr, 2013-yil.

Pokistonda VICH bilan og'rigan bemorlar yig'ini. Karachi, 30-noyabr, 2013-yil.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun OITS, orttirilgan immunitet taqchilligi sindromiga qarshi insoniyat erishgan yutuqlarni olqishlayapti. Lekin bu yutuqlar nihoyatda mo'rt, qo'ldan boy berilishi hech gapmas, deydi u.

Bugun Xalqaro OITSga qarshi kurash kunida so'zlagan Pan Gi Mun davolanish imkoni hamma uchun teng yaratilishi zarur, dedi. Ayniqsa, bolalar va ayollar vaqtida davolanishi uchun doim ham sharoit yo'q, deydi BMT rahbari.

Pan Gi Mun 2030-yilgacha OITSdan qutilish maqsadi sari dadilroq harakat qilaylik, deydi.

Bugun 35 million odam VICH, immunitet tanqisligi virusiga chalingan. Virus OITSga yetaklaydi. BMTning bildirishicha, 19 million kishi kasal ekanidan bexabar.

VICH bemorlarining 70 foizdan ko'pi Afrika davlatlari hissasiga to'g'ri keladi. Bu orada, Yaqin Sharq, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda virusga duchor bo'lganlar soni oshib borayapti.

Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni 1988-yildan beri nishonlanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG