Jahon Banki O'zbekistonga 100 million dollarlik kredit berdi

  • Amerika Ovozi

Pul metallurgiya, kimyo, qurilish, oziq-ovqatni qayta ishlash kabi sohalarda energiyadan tejamli foydalanishga sarflanishi kerak.

Pul metallurgiya, kimyo, qurilish, oziq-ovqatni qayta ishlash kabi sohalarda energiyadan tejamli foydalanishga sarflanishi kerak.

Jahon Banki sanoatda energiyadan unumli foydalanish uchun O’zbekistonga 100 million dollar kredit ajratdi.

Mablag’ elektr energiyasi va yonilg’ini kamroq qo’llash, havoda zaharli gazlarni kamaytirishga qaratilgan.

Bu esa O’zbekiston iqtisodiyoti raqobatbardoshligini kuchaytirish, energiya zaxiralari tejalishiga xizmat qiladi, deyiladi Jahon Banki e’lonida.

Loyihaga Asaka bank, Uzpromstroybank va Hamkorbank jalb qilingan va energiyani tejashga qaratilgan yangi bizneslarni rag’batlantiradi.

Gap, ayniqsa, metallurgiya, kimyo, qurilish, oziq-ovqatni qayta ishlash kabi sohalar haqida ketayapti.

O’zbekiston Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda energiyadan eng ko’p foydalanadigan va katta miqdorda karbonad angidrid chiqaradigan davlatlardan, deyiladi Jahon Banki bayonotida.

O’zbekiston bu xalqaro idoraga 1992-yilda qo’shilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG