Jahon bo'ylab migratsiya ko'lami pasaygan

  • Amerika Ovozi

Arab muhojirlar

Arab muhojirlar

“Arab bahori”, ya’ni Tunis, Misr, Suriya, Liviya va boshqa mamlakatlardagi inqilobu-g'alayonlar natijasida qochqinlar soni ko'paydi. Lekin butun dunyodagi vaziyatni oladigan bo’lsak, muhojirlar soni kamayib bormoqda. Bunga esa xalqaro moliyaviy inqiroz sababdir.

Parijda joylashgan Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti bu borada ma’lum qilmoqda.

Pokiston

Pokiston

Tashkilot Bosh kotibi Anxel Gurria deydiki, "arab bahori” migratsiya kuchayishiga olib kelgani aniq.

Muhojirlar asosan Italiya va Fransiyaga ko’chib o’tmoqda, shu bilan birga Afrika qit’asida ham bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’tganlar ko’p, deydi Gurria.

Oxirgi oylarda Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdagi tartibsizliklar oqibatida minglab odamlar Yevropaga qochib o’tdi.

Bu esa Yevropa mamlakatlarini muhojirlarga nisbatan qattiqqo’l siyosat yuritib, chegaralarni mustahkamlashga majbur qildi.

Janubiy Koreya

Janubiy Koreya

Yevropa Ittifoqining Ichki masalalar bo’yicha komissari Sesiliya Malstrom uzoq muddatli siyosat ishlab chiqish zarur deydi.

Hozirgi kunda Yevropa Ittifoqi muhojir yoshlarga ish topish va ta’lim olishda yordam bermoqda.

Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotiga ko’ra, 2009 yilda migratsiya darajasi 7 foizga pasaygan.

Sudan

Sudan

Lotin Amerikasi mamlakatlaridan AQShga noqonuniy ravishda o’tgan muhojirlar ham ancha kamaygan.

Ayni vaqtda Kanada, Avstraliya va AQShga qonuniy ravishda kelayotganlar soni oshib bormoqda.

Hisobotda aholi soni jihatdan eng katta Xitoy va Hindiston muhojirlarning asosiy manbai deya qayd etiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG