Matbuot erkinligi jahon bo'ylab qay ahvolda?

  • Amerika Ovozi

Bugun – Xalqaro matbuot erkinligi kuni. BMT qarori bilan 1993-yildan beri shunday ayyom nishonlanadi.

Har bir jamiyat va uning har bir a’zosi o’z fikrini ochiq va erkin bayon eta olishi, muammo va masalalar bemalol yoritilishi, muhokama qilinishi va birgalikda yechim izlanishi uchun sharoit yaratilishi lozim, deyiladi BMT bayonotida.

Bunday chaqiriq va talablarga qaramay, jurnalistika dunyodagi eng xavfli sohalardan biri bo’lib qolmoqda.

O’tgan yili jahon bo’ylab 71 jurnalist o’ldirilgan.

826 jurnalist hibsga olingan.

2000 dan oshiq jurnalist esa zo’ravonlikka uchragan, do’pposlangan yoki uning hayotiga bevosita tahdid qilingan.

Parijda asoslangan “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti, axborot vositalari xodimlari manfaati uchun kurashuvshi boshqa tashkilotlar ham bugun e’tiborni jurnalistlarga nisbatan adolatsizliklarga, informatsiya oqimi ko’plab mamlakatlarda qanchalik cheklangani va aholining erkin ma’lumot olishi yo’lida to’siqlar qo’yilganiga qaratmoqda.

O’zini demokratiya deb biladigan davlatlarda axborot erkinligi doimiy ravishda buzilmoqda, nafaqat rivojlanayotgan jamiyatlarda balki taraqqiy etgan mamlakatlarda ham.

Matbuot erkinligi eng yaxshi ta’minlangan davlat – Finlyandiya, deya qayd etiladi “Chegara bilmas muxbirlar” tahlilnomasida. Gollandiya va Norvegiya undan keyingi o’rinlarda.

180 davlatdagi vaziyatni yorituvchi reytingning eng quyida O’zbekiston, Turkmaniston, Shimoliy Koreya va Eritreya kabi mamlakatlarni ko’rasiz. Bu davlatlarda so’z va matbuot erkinligi degan tushunchaning o’zi shakllanmagan, deya tanqid qiladi xalqaro tashkilot.

O’zini erkin diyor deb biluvchi AQSh 46-o’rinda. Tinimsiz mojarolar girdobida yashovchi Gaiti esa undan keyingi, 47-o’rinda. Britaniya 33, Rossiya 148, Kuba 170, Xitoy esa 175-o’rinda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG