Shinzo Abe: Yaponiya Ikkinchi jahon urushida qilgan zulm uchun kechirim so'rayman

  • Amerika Ovozi

Abe, shuningdek, Yaponiyaning betaraflik siyosatiga tuzatish kiritib, amaldagi harbiy kampaniyalarda faolroq qatnashish tarafdori. Biroq jamoatchilik bunga qat'iyan qarshi.

Abe, shuningdek, Yaponiyaning betaraflik siyosatiga tuzatish kiritib, amaldagi harbiy kampaniyalarda faolroq qatnashish tarafdori. Biroq jamoatchilik bunga qat'iyan qarshi.

Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe Ikkinchi jahon urushi tugashining 70 yilligi munosabati qilgan chiqishida Yaponiyaning qo'lidan jabr ko'rganlarga ta'ziya izhor etdi.

Mamlakatimiz begunoh insonlarga dahshatli ziyon, zulm qilgan edi, dedi u.

Qo'shni Janubiy Koreya rahbari Pak Gin Xe, masalan, Yaponiya bosh vaziri bilan yuzma-yuz muzokara qilishdan bosh tortib keladi.

Urush paytida fohishalikka majbur qilingan koreyalik ayollar uchun Tokio kechirim so'rashi va tovon to'lashi kerak, deydi.

Urush davrida 200 mingdan ziyos koreys va xitoylik xotin-qizlar yapon askarlariga qul qilib berilgan.

Abe, shuningdek, Yaponiyaning betaraflik siyosatiga tuzatish kiritib, amaldagi harbiy kampaniyalarda faolroq qatnashish tarafdori.

Biroq Yaponiyada jamoatchilik bunga qat'iyan qarshi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG