Xalqaro tashkilotlar: Qirg’iziston janubida taranglikni yumshatish kerak

Bo'hronlarni o'rganuvchi guruh Qirg'iziston hukumatiga o'zbeklarni davlat idoralari, ta'lim, adliya va huquq-tartibot tizimlariga jalb qilish, 2010-yil yozidan keyin yopilgan yirik o'zbekzabon ommaviy axborot vositalarini qayta ochish, militsiya tomonidan

Markazi Bryusselda joylashgan, bo’hronlarni o’rganuvchi xalqaro guruh (International Crisis Group) yaqinda chiqqan hisobotida Qirg’izistonda etnik ziddiyat hali-beri tinmasligi haqida ogohlantirgan edi.

Tashkilot mamlakatda o’zbeklarni hanuz ta’qib qilish, kamsitish hollaridan tashvish bildiradi. Krizislarni o’rganuvchi guruh rasmiy Bishkekka o’zbeklarni davlat idoralari va huquq-tartibot tizimlariga jalb qilib, millatchi chiqishlarni qoralashni, o’zbekzabon ommaviy axborot vositalarini qayta tiklash kabilarni tavsiya qiladi.

Belgiyada joylashgan yana bir tashkilot - Alisher Navoiy nomidagi institut tahlilida ham Qirg’izistonda o’zbeklar ijtimoiy-siyosiy hayotdan tobora uzoqlashib borayotgani ta’kidlanadi.

“Amerika Ovozi” Jalol-Obod shahridagi “Spravedlivost” - “Adolat” inson huquqlari tashkiloti xodimi Abdumalik Sharipov bilan suhbatda bo’ldi. Marhamat tinglang:

XS
SM
MD
LG