Shinjonda 39 odam terrorizmda ayblanib qamaldi

  • Amerika Ovozi

Shinjon

Shinjon

Hibsdagilardan biri, 25 yoshli Maymaytiniyoziy Ayniy internetdagi yozishmalari uchun besh yilga ozodlikda mahrum qilindi.

Xitoy Shinjon-Uyg’ur muxtoriyatida 39 odamni terrorizmni targ’ib qilishda ayblab qamoqqa hukm qildi.

Terrorchi tashkilotlarni tuzish, elatlararo nafratni yoyish va noqonuniy qurol yasash kabi ayblovlar haqida so’z borayapti.

Hibsdagilardan biri, 25 yoshli Maymaytiniyoziy Ayniy internetdagi yozishmalari uchun besh yilga ozodlikda mahrum qilindi.

Shinjonda oxirgi oylarda zo’ravonliklar soni oshgan va Xitoy bunda ekstremistlarni ayblaydi.

Urumchidagi temir yo’l bekatida, masalan, yaqinda pichoq ko’targan odamlar yo’lovchilarga hujum qilgan edi. Bir odam halok bo’lib, o’nlab kishi jarohatlandi.

Surgundagi uyg’ur jamoalari nazarida rasmiy Pekinning qattiqqo’l siyosati aholini isyon ko’tarishga majbur qilayapti.

Hujumlar haqida mustaqil axborot topish qiyin, chunki Xitoy hukumati Shinjonda jurnalistlar faoliyatini qattiq cheklab qo’ygan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG