Shinjonda ikki uyg'ur o'limga mahkum etildi

  • Amerika Ovozi

To'qnashuvlar paytida o'lgan odamlar jasadi, Shinjon, 23-aprel, 2013-yil

To'qnashuvlar paytida o'lgan odamlar jasadi, Shinjon, 23-aprel, 2013-yil

Xitoy sudi ikki odamni aprel oyida Shinjon viloyatida 21 kishining o’limiga sabab bo’lgan to’qnashuvlardagi ishtiroki uchun o’limga mahkum etdi.

Davlat matbuotiga ko’ra, yana uch kishiga to’qqiz yildan umrini oxirigacha qamoq jazosi belgilandi. Mahkumlarning millati matbuotda aytilmagan, biroq ismlaridan ularning uyg’ur ekani ravshan.

23-aprel kuni Shinjonda mahalliy uyg’urlar hududga Xitoyning boshqa chekkalaridan ko’chib kelgan xitoylar bilan to’qnashgan edi.

Xorijdagi uyg’ur yetakchilari ma’lumotiga ko’ra, zo’ravonliklar xavfsizlik kuchlari yosh uyg’ur bolani otib ketgandan so’ng boshlangan.

Biroq hukumatning tushuntirishicha, xavfsizlik kuchlari terrorchilar hujumiga uchragach, o’t ochishga majbur bo’lgan. Hududdagi radikal musulmon guruhlar Xitoy xavfsizligiga tahdid solmoqda, deyiladi matbuotda.

Britaniyalik tahlilchi Rafello Pantuchchining aytishicha, Xitoy so’nggi yillarda viloyat iqtisodiyotini yaxshilash maqsadida milliardlab dollar sarflab, ozchilikdagi millatlar hayotini yaxshilaganini da’vo qilmoqda.

“Pekin bu siyosati farovon hayotga yetaklashiga umid qilmoqda, ammo bunga vaqt kerak”, deydi u.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG