Urumchida xalqaro ko'rgazma keskin choralar ostida o'tmoqda

  • Amerika Ovozi

Urumchida xalqaro ko'rgazma keskin choralar ostida o'tmoqda

Urumchida xalqaro ko'rgazma keskin choralar ostida o'tmoqda

Xitoyning Shinjon-uyg’ur muxtoriyatida misli ko’rilmagan savdo ko’rgazmasi ish boshlagan, biroq unda uyg’urlar yo’q hisob.

Rasmiylarning aytishicha, tadbir oldidan bir necha xuruj va namoyishning oldi olingan.

“Xitoy-Yevrosiyo Ekspo” nomli ko’rgazma Shinjon poytaxti Urumchida bugun ish boshladi.

Shu munosabat bilan uyg’urlar mahallalarida qayerga qaramang qattiq qurollangan askarlarni ko’rasiz.

Shinjonni uyg'urlar Sharqiy Turkiston, asl vatan, deb ataydi

Shinjonni uyg'urlar Sharqiy Turkiston, asl vatan, deb ataydi

Bu yerda ikki yil oldingi to’qnashuvlar, rasmiy hisob-kitoblarga ko’ra, kamida 200 kishini hayotdan olib ketgan edi.

Shu yilning yozida Qashg’ar va Xo’tan shaharlarida ro’y bergan hujum va namoyishlarda yana o’nlab odam o’lgan. Shundan so’ng mintaqani politsiya tita boshlagan edi.

Tahlilchilar nazarida so’nggi voqealar bois asabi tarang hukumat uyg’urlarni tadbirga ko’pam yo’latmaslikni ma’qul topgan.

2009-yilgi g’alayondan keyin rasmiy Pekin Shinjonda quilish va sarmoyaga zo’r berib, uyg’urlar uchun ish o’rinlari yaratishga kirishdi. Eski, g’arib mahallalarni ta’mirlab, zamonaviy hayotga mosladik, deydi rasmiylar. Lekin uyg’urlar regionga kiritilgan sarmoyadan faqat Shinjonda yashovchi xitoylar foyda ko’rayotganini ta’kidlaydi.

Urumchi ko'chalarida

Urumchi ko'chalarida

Xitoy hukumati dabdabali ko’rgazma yordamida qo’shnilar bilan iqtisodiy aloqani yaxshilamoqchi.

Shinjonning Xitoy va Markaziy Osiyoni bog’lovchi markaz degan maqomini mustahkamlamoqchi.

Ko’rgazma mehmonlari orasida Pokiston prezidenti Osif Ali Zardariy va Qirg’iziston rahbari Roza Otunbayeva bor.

“Yo’qsillik va iqtisodiy adolatsizlik terrorizmga yetaklaydi”, - deydi Zardariy.

“Pokiston bu muammoni hammadan yaxshi tushunadi”, - deydi u.

Rasmiy Pekin izohiga ko’ra, to’polon dinni qurol qilgan jangari va ektremistlar ishi.

Lekin surgunda yashovchi uyg’ur faoli, Jahon Uyg’urlari Kengashi matbuot kotibi To’lqin Isa nazarida Xitoy zug’umidan, bu millat madaniyati, dini va tilini ezishga qaratilgan zolim siyosatidan noligan xalq isyon qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG