Arab bahoridan saboq: Hukumat xalqqa xizmat qilishi kerak

  • Amerika Ovozi

Arab bahoridan saboq: Hukumat xalqqa xizmat qilishi kerak

Arab bahoridan saboq: Hukumat xalqqa xizmat qilishi kerak

Arab dunyosida qo’zg’olon bo’ladi deb hech kim kutmagan, qator xalqlar undan o’rnak olib, bosh ko’tarishini birov xayoliga keltirmagan edi.

Uzoq yillik rahbarlar mag’lubiyatga uchradi, boshqalari bazo’r oyoqda turibdi. Mintaqa endi butunlay boshqa.

“Arab bahori” o’lim bilan boshlandi. Tunisda yanvar oyi boshida bir yosh kishi zolim hukumatdan dod deb, o’ziga o’t qo’ydi. Yuzlab fuqaro uni yoqlab, namoyishga chiqdiyu tarix o’zgardi.

Ana o’sha o’lim butun boshli qo’zg’olonga turtki berdi, Yaqin Sharq va Afrika shimolini qamradi.

Arab bahoridan saboq: Hukumat xalqqa xizmat qilishi kerak

Arab bahoridan saboq: Hukumat xalqqa xizmat qilishi kerak

Mintaqa yillar davomida o’zgarish ko’rmay kelgan. Bir necha davlat aslida kamsonli boylarning mulki bo’lib, hokimiyat va boylik otadan o’g’ilga meros bo’lib keldi. Yangilik, qo’zg’alish bo’lishiga odamning ko’zi yetmasdi.

Shafqatsiz boshliqlar changalidan qutula olmay yurgan xalqlar bosh ko’tardi. Uzoq davrlik qo’rquv hissi yo’qoldi.

“Arab bahori boshlanganidan beri Tunis, Misr, Liviya va Suriya kabi davlatlarda bir xil manzaraning shohidi bo’ldik. Ozodlik va haq-huquq uchun jonini fido qilishga tayyor yosh yigit-qizlar qahramonlarimizga aylandi. Bu mard insonlar har bir shahar uchun jon-jahdi bilan kurashdi, o’qtalgan qurollardan qo’rqmadi. Adolatsizlikka ortiq chidamay, xavf ko’ziga tik boqdi ular”, - deydi "Human Rights Watch" tashkiloti rasmiysi Xeba Morayef.

Isyonchilar har bir mamlakatda repressiyani qalqon qilgan hukumat umumiy g’anim ekanini anglagan.

“Bu mamlakatlarda siyosiy tuzum bir-birini takrorlagan. Misr, Tunis, Yaman, Liviya va Suriya harbiylar, razvedka, politsiya hukmron davlatlar edi. Zaif joyi ham o’xshash. Bu zanjirning bir halqasini uzsangiz kifoya, shartta qulaydi”, - deydi "Amerika Universiteti"dan Said Sodiq.

Bu g’alayonlar hukumatlarni ag’daribgina qolmay, mustahkam sanalgan ittifoqlarni parchaladi.

Arab bahoridan saboq: Hukumat xalqqa xizmat qilishi kerak

Arab bahoridan saboq: Hukumat xalqqa xizmat qilishi kerak

“Barqaror hisoblangan Yaqin Sharq endi oldindan bashorat qilib bo’lmaydigan regionga aylandi. Oldinlari avtoritar rahbarlar davlat tizginini bolalariga bemalol topshirib qo’yishi mumkin edi. Xalqaro hamjamiyat ham ana shular orasidan ishonsa bo’ladigan bir hamkor izlar edi. Yaqin Sharq haqidagi tasavvurlar bugun endi boshqa”, - deydi Morayef.

Inqiloblar xalqlar umidini oqlaydimi, yangi hukumatlar barcha sinf va elatlarni o’z ichiga oladimi, hali noma’lum. Tunis va Misrda islomiy partiyalar davlat tepasiga kelayotganidan ba’zilar xavotirda.

Qo’shni davlatlarda kurashlar hali davom etmoqda.

Bir narsa aniqki, yoshlar nimaga qodir ekanini namoyish etdi va har bir arab rasmiysi bu bilan hisoblashishi kerak.

2011-yil suratlariga tomosha qiling:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG