Yamanda muxolifat vitse-prezidentni muvaqqat hukumat tuzishga chaqirmoqda

  • Amerika Ovozi

Poytaxt Sanoda namoyishlar davom etmoqda, 8-iyun, 2011-yil

Poytaxt Sanoda namoyishlar davom etmoqda, 8-iyun, 2011-yil

Yamanda hukumatga qarshi namoyish qilayotgan faollar vitse-prezident Abdulrab Mansur Hadini davlat rahbari yo'qligidan foydalanib muvaqqat hukumat tuzishga chaqirmoqda.

Prezident Ali Abdulla Solih o'tgan hafta raketa hujumida yaralanib, ayni damda Saudiya Arabistonida davolanmoqda, vakolatlari esa vaqtincha Hadiga o'tgan.

Omma bugun vitse-prezident qarorgohi qarshisida namoyish qilgan.

Saudiya rasmiylarining bildirishicha, prezident Solihning ahvoli yaxshi. Ayrim manbalarga ko'ra, hujumda tanasining 40 foizi kuygan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG