Breaking News

Yamanda al-Qoidaga qarshi kurash avjida, muxolifat vitse-prezident bilan muloqotda


Yamanda al-Qoidaga qarshi kurash avjida, muxolifat vitse-prezident bilan muloqotda
Yamanda al-Qoidaga qarshi kurash avjida, muxolifat vitse-prezident bilan muloqotda

Yaman poytaxti Sanoda hukumatga qarshi namoyishlar davom etayotgan bir paytda janubda askarlar islomiy jangarilarga qarshi kurashmoqda. Bugun ularga havodan zarba berilgan.

Shanba kuni Abiyan viloyatida tomonlar to'qnashib, kamida 30 kishi o'lgan edi, 18 nafari jangari. Hududda al-Qoida va mamlakatdan bo'linishga harakat qilayotgan kuchlar faol.

Raketa hujumida yaralangan prezident Ali Abdulla Solih Saudiya Arabistonida davolanmoqda. Namoyishchilar vitse-prezident Abdulrab Mansur Hadini muvaqqat hukumat kengashi tuzishga, prezident Solihni esa iste'foga chaqirmoqda.

Bugun muxolifat vitse-prezident bilan uchrashib, masalani muhokama qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG