Xalqaro koalitsiya Yamanda 800 jangari yo'q qilinganini da'vo qildi

  • Amerika Ovozi

Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi xalqaro koalitsiyaning xabar berishicha, Yaman janubi-sharqida "Al-Qoida" guruhi egallab turgan shaharga qilingan hujumda 800 dan ortiq jangari yo'q qilingan. Ushbu raqamni mustaqil tasdiqlashning imkoni yo'q.

Rasmiy Saudiya axborot agentligi xabariga ko'ra, dushanba kuni arab koalitsiyasining havo yordami bilan Yaman askarlari Mukalla port shahriga hujum uyushtirgan.

Jangarilar qarshilik ko'rsatmay, g'arbga chekingani aytilmoqda. Amaliyotda neft ombori qayta qo'lga kiritilgan.

Hujum natijasida "Al-Qoida" yetakchilari ham o'ldirildi, deya xabar beradi koalitsiya rasmiylari.

Hamla mamlakatni terrorchi guruhlardan tozalash va hukumat nazoratini qayta o'rnatish maqsadida boshlangan xalqaro harbiy harakat doirasida amalga oshirilgan.

Koalitsiya bayonotida aytilishicha, Yamanning zo'ravonliklardan aziyat chekkan hududlariga insonparvarlik yordami ham oshiriladi.

Mukalla shahrida yuz bergan hujumda tinch aholi vakillari qurbon bo'lgan yoki bo'lmagani haqida ma'lumot yo'q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG