Yamanda yangi sulh bitimi kuchga kirdi

  • Amerika Ovozi

Dushanba kuni Yamanda yangi sulh bitimi kuchga kirdi. Yaman hukumati, uni qo’llab-quvvatlayotgan Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi arab koalitsiyasi 2014-yil oxirida poytaxtni egallab olgan hutiy isyonchilar bilan jangovar harakatlarni to’xtatishga kelishdi.

18-aprel kuni tomonlar Quvaytda muzokara qiladi. Shu kungacha erishilgan bir necha sulh muvaffaqiyat keltirmadi.

Urushdan charchagan oddiy yamanliklar taraflar kelishib olishiga umid qilmoqda. Ko’plab begunoh odamlar o’lmoqda, deydi ular.

Hutiylar 2014-yilda Sano shahrini egallab olib, Prezident Abdu Rabbo Mansur Hadi va uning hukumatini poytaxtdan haydadi. Hadi avval qo’shni Saudiya Arabistoniga qochdi, so’ng hutiylar janubdagi Adan shahri siqib chiqarilgach, u yerga ko’chdi.

Arab koalitsiyasi hutiylarni yengish maqsadida ularni havodan o’qqa tutdi, Yamanga piyoda askarlar safarbar etdi. Shu kungacha mojaroda 6000 odam nobud bo’lgan, mamlakat gumanitar ofatga yuz tutmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG