Saudiya Arabistoni Yamandagi jangovar amaliyotni tugatmoqda

  • Amerika Ovozi

Saudiya armiyasi matbuot kotibi, general Ahmad al-Asiriyning aytishicha, koalitsiya Yaman qurolli kuchlarini havodan qo'llashga va uni oyoqqa turg'izishda yordam berishda davom etadi.

Saudiya armiyasi matbuot kotibi, general Ahmad al-Asiriyning aytishicha, koalitsiya Yaman qurolli kuchlarini havodan qo'llashga va uni oyoqqa turg'izishda yordam berishda davom etadi.

Saudiya Arabistoni Yamandagi yirik jangovar amaliyotni tugatmoqda. Bir yil oldin arab davlatlari koalitsiyasi Eron qo'llab-quvvatlovini olgan hutiy isyonchilarini havodan bombardimon qila boshlagan edi.

Saudiya armiyasi matbuot kotibi, general Ahmad al-Asiriyning aytishicha, koalitsiya Yaman qurolli kuchlarini havodan qo'llashga va uni oyoqqa turg'izishda yordam berishda davom etadi.

Eron tomonidan suyalgan hutiy isyonchilari 2014-yilda poytaxt Sanoni egallab olgan, Prezident Abdu Rabo Mansur Hadini Saudiya Arabistoniga qochishga majbur qilgan edi. Oradan biroz o'tib Prezident Hadi Adan shahriga qayta oldi.

Yamandagi janglar, jumladan, Saudiyaning havo hujumlari minglab odamlarni hayotdan olib ketdi.

Xususan, hafta boshida Sano shimoli-g'arbidagi gavjum bozor havodan o'qqa tutilib, 119 odam o'ldi. BMT Yaman ahli ovqat, dori-darmonga muhtoj, deya eslatmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG