Suriya va Yamanda o'nlab namoyishchi o'ldirilgan

  • Amerika Ovozi

Suriya va Yamanda o'nlab namoyishchi o'ldirilgan

Suriya va Yamanda o'nlab namoyishchi o'ldirilgan

Juma namozidan keyin Suriya bo’ylab namoyishlar avj oladi. Mart oyidan beri shu ahvol. Hukumat ularga javob berish uchun xavfsizlik kuchlarini tayyorlab qo’ygan. Har hafta yakunida shu tariqa o’nlab fuqarolarning yostig’i quriydi. Kecha, masalan, 11 kishi o’ldirilgan.

Yaman

Yaman

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobicha, Suriyada prezident Bashar al-Assadga qarshi qo’z’g’olonlar boshlanganidan beri 3000 dan oshiq odam halok bo’lgan.

Poytaxt Damashq, shuningdek mamlakat yuragida joylashgan Hims shahri va janubdagi Daraa viloyati qonli chiqishlar markazi bo’lib qolmoqda.

Minglab askarlar va zobitlar bugunga kelib qurol va formadan voz kechib, namoyishchilar tarafiga o’tib ketgan. Buni olqishlayotgan muxolif kuchlar xalqdan ko’chaga chiqib, ularni quvvatlashni so’ramoqda.

Samo, 15-oktabr 2011

Samo, 15-oktabr 2011

Prezident Assad ularni terrorchilar deb ataydi va qo’z’g’olonlarni bostirish uchun bor qudratini ishga solishga tayyor.

BMT Suriya hukumatini fuqarolarga qarshi o’t ochmaslikka undab kelmoqda. Dunyo bo’ylab ko’plab rahbarlar Bashar al-Assadni xalq talabiga bosh egib, prezidentlikdan ketishga chaqirmoqda.

Yamanda hukumatga qarshi namoyishlarda xavfsizlik kuchlari kamida 10 kishini otib o’ldirgan.

Yamannning Saada shahridagi namoyishlar, 14-oktabr 2011

Yamannning Saada shahridagi namoyishlar, 14-oktabr 2011

Poytaxt Sanoda bugun minglab odamlar chiqish qilib, Ali Abdulla Solihning prezidentlikdan ketishini talab qilgan.

Sanoning katta mahallalari bugun muxolifat, asosan qabilaiy oqsoqollar va ularning tarafdorlari qo’lida. Yamanning ko’zga ko’ringan generali Ali Muhsin al-Ahmar hozir ularni boshqarmoqda. Mamlakatda fuqaro urushi boshlanishi mumkin degan xavotir bor.

Amerika havo kuchlari al-Qoidaga qarshi olib borgan hujumlarda esa yetti kishi o’lgan. Ular orasida yaqinda yo'q qilingan terrorchi Anvar al-Avlakiyning o'g'li ham bo'lgan. Avlakiy Amerika fuqarosi edi. Keyinchalik Yamanga qaytib, al-Qoidaning u yerdagi ishongan odamlaridan biriga aylangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG