Yamanda prezident tarafdorlari va isyonchi shialar olishayapti

  • Amerika Ovozi

Shimoldagi Taiz viloyatida esa aholi hutilarga va sobiq prezident Solihga qarshi isyon ko'targan. Bunga javoban Solihning odamlari o't ochib, kamida to'rt kishi halok bo'lgan. Yaradorlar bor.

Shimoldagi Taiz viloyatida esa aholi hutilarga va sobiq prezident Solihga qarshi isyon ko'targan. Bunga javoban Solihning odamlari o't ochib, kamida to'rt kishi halok bo'lgan. Yaradorlar bor.

Yaman notinch va raqib guruhlar hokimiyat talashar ekan, bu ixtilof mintaqaning boshqa davlatlari va jahon ahli e'tiborini jalb etmoqda.

AQShning Yamandagi elchisi Metyu Tueller xalqaro hamjamiyat tan olgan Prezident Abdu Rabbo Mansur Hadi va poytaxt Sanoda o'rnashib olgan shia isyonchilar sulh tuzishidan umidvor. Taraflar qo'shma hukumat tuzishi ehtimoldan xoli emas, deydi u. Lekin tomonlar tezda qaror qabul qilishi kerak, deydi elchi. Uning aytishicha, Prezident Hadi hukumatdan ag'darilsa, siyosiy murosaga erishilishi gumon.

Amaldagi rahbar shimoldagi Adan shahriga qochishga majbur bo'lgan. Ungacha u poytaxtda isyonchi hutilar qurshovida qolayotgan edi. Shundan beri Adan shahrida Prezident Hadining tarafdorlari va sobiq rahbari Ali Abdulla Solihga sodiq kuchlar hamda isyonchilar o'zaro olishmoqda.

Bu orada, Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Saud al-Faysalning aytishicha, Yamanda sulhga erilshilmasa, arab davlatlari oraga tushishga majbur bo'ladi. U Eronni Yamanning ishlariga aralashayotganlikda ayblab tanqid qiladi.

Hutilar aholisi asosan shialardan iborat Eron qo'llab-quvvatlovini olgani aytiladi. Eron o'z navbatida sunniy Saudiya Arabistoni bilan raqib sanaladi.

Yaman rahbari Hadi qo'shni arab mamlakatlaridan hutilarga qarshi harbiy chora qo'llashni so'ramoqda.

Yurt beqaror ekani sababli ittifoqchilari o'z harbiylari va diplomatlarini bu mamlakatdan chaqirib olayapti. Xususan, AQSh va Britaniya elchixonalari o'z xodimlari va maxsus kuchlarini Yamandan evakuatsiya qilgan.

Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta Sanodagi masjidlar hujumga uchrab, 137 odam nobud bo'lgan edi.

So'nggi xabarlarga ko'ra, bugun Yaman janubida shialar va Prezident Hadiga sodiq kuchlar yana to'qnashgan. Hutilar Adanga yaqinlashib, al-Dalea shahriga chuqurroq kirib borayotgani aytilmoqda.

Shimoldagi Taiz viloyatida esa aholi hutilarga va sobiq prezident Solihga qarshi isyon ko'targan. Bunga javoban Solihning odamlari o't ochib, kamida to'rt kishi halok bo'lgan. Yaradorlar bor.

Sanodagi majislarda portlashlar.

Sanodagi majislarda portlashlar.

Sanodagi masjidlar hujumga uchrashi ketidan.

Sanodagi masjidlar hujumga uchrashi ketidan.

O'tgan hafta Sanodagi ikki masjid portlab, o'nlab odamlar halok bo'lgan edi.

O'tgan hafta Sanodagi ikki masjid portlab, o'nlab odamlar halok bo'lgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG