AQShning Yamandagi harbiy amaliyotlari davom etadimi?

  • Amerika Ovozi

Qo'shma Shtatlar Yamanda qo'llaydigan dron, uchuvchisiz samolyotlardan biri, "Predator B".

Qo'shma Shtatlar Yamanda qo'llaydigan dron, uchuvchisiz samolyotlardan biri, "Predator B".

Yaman prezidentining xorijga qochishi AQShning bu davlatda al-Qoidaga qarshi amaliyotlari yuzasidan xavotirlarni oshirdi.

Isyonkor hutiylar al-Qoidaga qarshi bo'lsa-da, bu terror guruhi bilan kurashda Qo'shma Shtatlarni yoqlashi gumon.

Hutiylar o'zlarini asl yamanlik deb biladi va xorijliklar oldida majburiyat his qilmaydi, deydi Yaqin Sharq institutidan tahlilchi Charlz Shmitz.

Davlat departamenti matbuot kotibi Jeff Ratkening aytishicha, Qo'shma Shtatlar va hutiylar hali bevosita gaplashib ulgurmagan.

Amerika Yamanda Prezident Abd-Rabbu Hadining hukumatini qo'llab-quvvatlashda davom etayapti.

Oq uy so'zlovchisi Josh Ernestning so'zlariga ko'ra, Yamandagi ixtilofni hal qilishning eng ma'qul yo'li - diplomatiya.

"Lekin hutiylar sobiq prezident Solih bilan bir yoqadan bosh chiqarib nizoni alanga oldirishda davom etar ekan, siyosiy murosa va muzokara haqida gapirishga erta", - deydi Ernest.

Oq uy hutiylarni zo'ravonlikdan voz kechishga va BMT vositachiligida muzokaraga qaytishga da'vat etayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG