Yaman matbuoti: O'zbekistonlik shifokor qabilaviy kuchlar qo'lida

  • Amerika Ovozi

Sano va boshqa yirik shaharlarda hukumatga qarshi namoyishlar davom etib, ba'zida qonli tus olmoqda. Yaman, shuningdek, qabilaviy mojarolar va jangari hujumlari domida.

Sano va boshqa yirik shaharlarda hukumatga qarshi namoyishlar davom etib, ba'zida qonli tus olmoqda. Yaman, shuningdek, qabilaviy mojarolar va jangari hujumlari domida.

Yaman matbuotining yoritishicha, mamlakatning neftga boy Marib viloyatida qabilaviy jangarilar o'zbekistonlik shifokorni garovga olgan.

Sano

Sano

G'arbda asoslangan "Reuters" axborot agentligi ham shunday xabar tarqatdi.

Sano shahriga olib boradigan yo'lda o'g'irlangani taxmin qilinayotgan shifokorning ism-sharifi ma'lum emas.

Shimoli-sharqiy mintaqa bo'lgan Maribda qabilalar azaldan markaziy hukumatga bo'ysunmay keladi. Ular o'z qurolli kuchlariga ega.

Ali Abdulla Solih boshchiligidagi hukumat o'zbekistonlik shifokor taqdiri haqida biror bayonot bermagan.

Ali Abdulla Solih boshchiligidagi hukumat qabilaviy hududlarni butunlay nazorat qila olmaydi. O'zbekistonlik shifokor taqdiri haqida biror bayonot yo'q.

Ali Abdulla Solih boshchiligidagi hukumat qabilaviy hududlarni butunlay nazorat qila olmaydi. O'zbekistonlik shifokor taqdiri haqida biror bayonot yo'q.

Yaman Ichki ishlar vazirligi arab gazetalariga qisqa ma'lumot berib, shifokor al-Avamira qabilasi qo'lida ekani va uning evaziga jangarilar qamoqdagi sheriklari ozod etilishini talab qilishi mumkinligini aytgan.

Chet elliklarning qabilaviy kuchlar tomonidan o'g'irlanishi Yamanda tez-tez uchrab turadigan holat.

Hadramaut viloyatida shu yilning may oyida uch fransuz ishchi garovga olingan edi. Ular uchun 20 million dollar so'ralgan.

"Yemen Post" gazetasining norasmiy manbalarga asoslanib bildirishicha, mahbusga biror jarohat yetmagan.

Bu orada, prezident Ali Abdulla Solih Fors ko’rfazi hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar bilan muzokaraga tayyor ekanini aytmoqda. U hokimiyatni muoviniga topshirish to’g’risida AQSh elchisi bilan gaplashgan.

Abdulla Solih bunday va’dalarni avval ham bergan edi, kamida uch marotaba fikridan qaytgan. Reja shundan iboratki, prezident bir oy ichida iste’fo bersa unga hech kim tegmaydi, sudga tortilmaydi.

Yamanda raqib kuchlar sulhga erishganidan bir kun o’tib, bugun poytaxt Sano va Taiz shaharlarida yana qattiq otishma kuzatilgan. Kecha 10 kishi halok bo’lgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG