Armanistondagi politsiya bo'limi hanuz hujumchilar qo'lida

  • Amerika Ovozi

Armaniston poytaxti Yerevanda qurollangan shaxslar hanuz politsiya bo‘linmasida bir necha shaxsni garovda ushlab turibdi. Ular 17-iyul kuni bu yerda 10 ga yaqin politsiyachini garovga olgan edi.

Shahar xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, yakshanba kuni ertalab yuz bergan otishmada 1 kishi o‘lgan, garovdagilardan 2 nafari tushga yaqin ozod qilingan. Hujumchilar hukumatdan muxolifat harakati yetakchisi Jirayra Sefelyanni ozod etishni talab qilmoqda.

Xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, binoni egallab olgan qurolli shaxslar bilan ayni paytda muzokaralar davom etmoqda. Ulardan garovga olinganlarni tinch yo‘l bilan ozod qilish so‘ralgan.

Tushga yaqin garovdagilardan ikki nafari ozod etilgan, ulardan biri yarador bo'lgan. Ayni paytda garovda qolayotganlar soni 7 nafar ekani, muzokalar hanuz davom etayotgani ma'lum.

Armaniston prezidenti Serj Sargsyan mamlakat xavfsizlik kuchlari bilan uchrashib, vaziyatni muhokama qilgan.

Yerevan harbiylari politsiya bo‘linmasi va uning atrofidagi hududlarni to‘liq nazoratiga olgan.

Armaniston xavfsizlik xizmati tarqatgan bayonotda aytilishicha, politsiya bo‘limiga hujum qilganlar arman muxolifatidagi "Ta’sis parlamenti" harakati tarafdorlaridir.

​"Qurrollangan shaxslar bir oy oldin hibsga olingan Jirayr Sefelyanning ozod etilishini talab qilmoqda", deyiladi rasmiy bayonotda.

Jirayr Sefelyan

Jirayr Sefelyan

Bayonotda aytilishicha, muxolifat etakchilaridan biri bo‘lgan Sefelyan "qurol-yarog‘ni noqonuniy saqlash va uni tashishni tashkil qilishda ayblangan".

Bunga qadar arman muxolifatidagi "Ta’sis parlamenti" harakati ham bayonot tarqatib, guruh rahbarini ozod etishni talab qilayotganini bildirdi.

Armaniston muxolifatidagi "Ta’sis parlamenti" harakati mamlakat prezidenti iste’fosini talab qilib, tez-tez norozilik namoyishchilari uyushtirib kelayotgan guruhlardan biridir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG