Oq uy Zikaga qarshi kurash uchun Kongressdan pul so'radi

  • Amerika Ovozi

Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest jurnalistlar savollariga javob bermoqda. Prezident Barak Obama Kongressdan Amerika va boshqa davlatlarda Zika virusiga qarshi kurash uchun favqulodda 1,8 milliard dollar so'radi.

Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest jurnalistlar savollariga javob bermoqda. Prezident Barak Obama Kongressdan Amerika va boshqa davlatlarda Zika virusiga qarshi kurash uchun favqulodda 1,8 milliard dollar so'radi.

Prezident Barak Obama Kongressdan Amerika va boshqa davlatlarda Zika virusiga qarshi kurash uchun favqulodda 1,8 milliard dollar so'ramoqda.

Amerika rasmiylarining aytishicha, moliya vaksina, tashxis qo'yishning samarali yo'llarini izlab topishga sarflanadi.

Virus chaqaloqlar miyasi majruh bo'lib tug'ilishiga sabab bo'lmoqda. Oq uyning bildirishicha, mablag' virusga qarshi qator choralar, xususan, uni tarqatuvchi chivinlarni yo'q qilish va daromadi kam homilador ayollarga tibbiy xizmat bobida moliyaviy madad berishga qaratiladi.

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish idorasi amerikalik sayyohlar orasida virus alomatlari aniqlanganini bildirmoqda.

Virusni Aedes chivini tarqatadi va kasallik jinsiy yo'l bilan yuqishi mumkin.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti Zikani global tahdid deya e'lon qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG